Gidlik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Professional turistik gid bu- Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi [1] tomonidan belgilangan nizomga muvofiq, vazirlik tomonidan tasdiqlanib ma'lum shartlar belgilangan professional turistik gid hujjatini berish orqali yakka yoki bir guruh turistlarga sayohat oldidan tanlagan tilda madaniyat, turizm, tarix, atrof-muhit, tabiat, ijtimoiy yoki shunga o'xshash qadriyatlar va boyliklar bilan tanishtiruvchi yoki turistik agentliklar tomonidan tashkillashtirilgan turlarning agentlikning yozma hujjatlarida ta'riflangan va iste'molchiga sotilgan turni ayni shaklda boshqargan, agentlik nomidan boshqargan shaxsdir.
Gidlikni kasb sifatida belgilagan qonun 2012-yil 7-iyun kuni Turkiya Buyuk Millat Majlisi Bosh Assambleyasida ovozga qoʻyilganidan so'ng 2012-yil 22-iyun kuni Rasmiy Gazetada eʼlon qilinganidan keyin kuchga kirgan edi[2] .
Gidlar asosan mustaqil bo‘lib, kunlik maosh uchun ishlaydi. Garchi ular mustqail ishlovchi bo'lib ko'rinsa-da, ular odatda sayohat agentliklari tomonidan oldindan belgilangan kunlik ish haqi evaziga sayohat agentlari tomonidan olib kelingan turistlarga xizmat ko'rsatadilar. Shu bilan birga ma'lum bir muzeyni tanishtirish uchun ishlaydigan mahalliy gidlar ham bor.
Gidlarning vazifalari faqat muzeylar, yodgorliklar, saroylar va boshqa tarixiy joylarni ko'rsatishdan iborat emas. Professional turistik gidlari xoh mamlakat hududida,xoh xorijda o‘zlari hamroh bo‘lgan mahalliy yoki xorijiy sayyohlarga mamlakat sayohatlari yoki ta’tillari davomida ko‘p masalalarda yordam beradilar va ularga to‘g‘ri ma’lumotlarni berishga harakat qiladilar.
Bugungi kunda professional gidlarning juda katta qismi sayyohlik agentliklari tomonidan jalb qilingan turistlar uchun ma'lum vaqt oralig'ida o'z kasblarini bajaradilar.
Gid uchun muhim bir element keng tarix bilimlari va san'at madaniyatiga ega bo'lishdir. Qolaversa, gidlar osonlik bilan va yoqimli uslubda gapira olishi, kerakli ma’lumotlarni bergandan so‘ng berilgan savollarga javob bera olishi kerak.
Professional gid bo‘lish uchun Madaniyat va turizm vazirligi ko‘rsatmasi bilan viloyatlar madaniyat va turizm boshqarmalari tomonidan o'tkaziladigan imtihonda madaniyat, chet tilidan yozma va og'zaki suhbat bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tishi kerak[1].