Gipertiroidizm
From Wikipedia, the free encyclopedia
Gipertiroidizm (qalqonsimon bezning surunkali giperfunksiyasi)- qalqonsimon bez tomonidan tiroksin gormoni haddan tashqari ko'p miqdorda ishlab chiqarganda yuzaga keluvchi patologik holatdir. Gipertiroidizm sababli tanadagi metabolik jarayonlarni jadallashtirib yuboradi va buning oqibatida ko'p energiya sarflanishi sababli tana vaznining tez yo'qotilishi va yurak urib ketish holatlariga olib keladi. Gipertiroidizm uchun davo choralarining bir necha turlari ishlab chiqilgan. Qalqonsimon bez gormonlari ishlab chiqarishni sekinlashtirish maqsadida qalqonsimon bez giperfunksiyasini ekinlashtiruvchi dorilar va radioaktiv izotopli yoddan foydalanadi. Ba'zida gipertiroidizmni davolash qalqonsimon bezning to'liq yoki bir qismini olib tashlash bilan hal qilinadi.
Gipertiriyodizm | |
---|---|
Qalqonsimon bez anotomik tasviri | |
KXK-10 | E05Thyrotoxicosis [hyperthyroidism] |
KXK-9 | 246.9 |
Juda ko'p hollarda bemorlar tomonidan gipertiroidizm e'tiborsiz qoldiriladi va bu salbiy oqibatlarga olib keladi. Lekin keyinchalik o'tkaziladigan davo choralariga qalqonsimon bez yaxshi javob beradi[1].