From Wikipedia, the free encyclopedia
Graham Jonathan Zusi (talaffuzi: Grem Jonatan Zusi) — 1986-yil 18-avgustda AQShda tugʻilgan. MLSning „Sporting Kansas City“ klubida chap qanot himoyachisi. AQSh terma jamoasida ham oʻynagan. 2014-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Graham Jonathan Zusi | ||
Tavallud sanasi | 18-avgust 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Longwood, Florida, AQSh | ||
Boʻyi | 1.78 | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sporting Kansas City | ||
Raqami | 8 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005 | Central Florida Kraze | 10 | (1) |
2009— | Sporting Kansas City | 341 | (31) |
Milliy terma jamoa | |||
2012—2017 | AQSh | 55 | (5) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-oktabr 2022-yil uchun) |
2009-yilgi loyihada Graham Zusi „Sporting Kansas City“ klubi tomonidan ikkinchi bosqichda tanlangan[1]. 21-mart kuni „Toronto“ga qarshi oʻyinda u MLSda debyut qilgan. 2010-yil 11-iyun kuni „Philadelphia Union“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Graham Zusi „Sporting Kansas City“ safidagi ilk golini urgan[2]. 2012-yilning fevralida Graham Zusi klub bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Oʻsha yili Graham Zusi jamoaga Lamar Hunt kubogini yutishda yordam bergan. 2012—2013-yilgi mavsumda Graham Zusiga Angliyaning „West Ham United“ klubi qiziqish bildirgan.
2012-yil 22-fevralda Venesuelaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Graham Zusi AQSh terma jamoasi safida debyut qilgan[3]. 26-fevral kuni Panama terma jamoasiga qarshi oʻyinda Graham Zusi terma jamoadagi ilk golini urgan[4].
2014-yilda Graham Zusi terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[5][6]. Turnirda u Gana, Portugaliya, Germaniya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7][8].
2015-yilda Graham Zusi CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[9]. Turnirda u Gaiti, Gonduras va Panama jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[10].
2016-yilning yozida Graham Zusi oʻz uyida boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida ishtirok etgan[11][12]. Turnirda u Kolumbiya, Kosta-Rika, Paragvay, Ekvador va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13][14]. Kosta-rikaliklarga qarshi kechgan duelda Graham Zusi gol urgan[15].
2017-yilda Graham Zusi CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan[16][17]. Turnirda u Panama, Nikaragua, Kosta-Rika va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[18][19].
Jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
AQSh | 2012-yil | 6 | bitta |
2013-yil | 12 | 2 | |
2014-yil | 10 | 0 | |
2015-yil | 4 | 0 | |
2016-yil | 10 | 2 | |
2017-yil | 13 | 0 | |
Jami | 55 |
Jamoa | Mavsum | Play-off bosqichi | Xalqaro turnir | Chempionlar ligasi | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Kansas City Wizards | 2009 | — | 2 | 0 | — | 15 | 0 | ||
2010 | — | 1 | 0 | — | 20 | 1 | |||
Sporting Kansas City | 2011 | 3 | 0 | 4 | 0 | — | 39 | 5 | |
2012 | 2 | 0 | 5 | 2 | — | 39 | 7 | ||
2013 | 5 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 35 | 6 | |
2014 | 1 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 31 | 5 | |
2015 | 1 | 0 | 2 | 1 | — | 27 | 2 | ||
2016 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 23 | 2 | ||
2017 | 1 | 0 | 3 | 0 | — | 28 | 0 | ||
2018 | 4 | 0 | 2 | 0 | — | 40 | 2 | ||
2019 | — | 1 | 0 | 5 | 0 | 33 | 0 | ||
2020 | 0 | 0 | — | — | 17 | 1 | |||
2021 | 2 | 1 | — | — | 28 | 1 | |||
2022 | — | 1 | 0 | — | 22 | 2 | |||
Umumiy karyerasida | 20 | 1 | 22 | 3 | 13 | 0 | 398 | 35 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.