Gresham qonuni
From Wikipedia, the free encyclopedia
Iqtisodiyotda Gresham qonuni „yomon pul yaxshilikni haydab chiqaradi“ degan pul tamoyilidir. Namuna sifatida koʻrishimizmumkinki, qonunda bir xil nominalga ega deb qabul qilingan ikki xil tovar pullar muomalada boʻlsa, qimmatroq boʻlgan tovar muomaladan asta-sekin yoʻqolib boradi[1][2].
Qonun 1860-yilda iqtisodchi Genri Dunning Makleod tomonidan Tyudorlar sulolasi davridagi ingliz moliyachisi ser Tomas Gresham (1519-1579-yillarda yashagan) sharafiga nomlangan. Gresham qirolicha Yelizavetadan oʻsha paytda tushkunlikka tushgan ingliz valyutasiga ishonchni tiklashga chaqirgan edi. Bu kontseptsiya oʻrta asrlarda Yevropada Nikolay Kopernik tomonidan toʻliq taʼriflangan va klassik Antik davrda,Yaqin Sharq va Xitoyda bir necha asrlar oldin maʼlum boʻlgan.