Gʻazna (Pushtucha/Forscha: غزنی - Ġaznī; tarixda غزنین / Ġaznīn hamda غزنه / Ġazna nomlar bilan tanilgan) – Afgʻonistonning janubiy-sharqiy qismidagi shahar. Gʻazna daryosi boʻyida boʻlib, Kobul—Qandahor avtomobil yoʻlida joylashgan. Gʻazni viloyatining maʼmuriy markazi. Metallsozlikning qadimiy markazlaridan boʻlgan. Hunarmandchilikda palos, poyabzal, ip gazlama matolari va boshqa tayyorlanadi. Jun, moʻyna bilan savdo qilinadi.

Thumb
Gʻazna qalʻasi va ikki minorasi (minoralar Bahramshox tomonidan qurilgan), James Atkinson chizgan rasm, c.1839* (BL)

Tarixi

Shaharning barpo boʻlgan davri maʼlum emas. Gʻaznaga doir ilk maʼlumotlar 7-asrga oid manbalarda uchraydi. Oʻrta asrlarda Oʻrta Sharqning muhim madaniy, savdo va siyosiy markazlaridan biri boʻlgan. 10—11-asrlarda Gʻaznaviylar davlati poytaxti. 12-asr oʻrtalarida Gʻuriylar shaharni egallab, katta qismini vayron qilganlar. 1215—21 yillarda Gʻazna Xorazmshohlar qoʻl ostida boʻlgan. 1221-yilda shaharni moʻgʻullar bosib olgan. 13-asrning 2-yarmidan Gʻazni hukmdorlari Hirotdagi Kurtlar sulolasining vassali boʻlgan. 14-asr oxiri 15-asr boshlarida Temuriylar davlati, 16-asr boshlaridan Boburiylar saltanati tarkibida boʻlgan. 1738-yilda shaharni Nodirshoh egallagan. Afgʻoniston davlati tuzilgach (1747), Gʻazni uning tarkibiga kirgan. Meʼmoriy yodgorliklardan 12-asrda barpo etilgan 2 ta minoraning qoldiqlari saqlangan.

Aholisi

Thumb
Gʻazni viloyatini qayta qurish guruhi aʼzolari Gʻazna shahridagi Daniya markazi oʻquv muassasasiga ehson qilingan komputerlarni tushirish chogʻida muassasa oldida oʻynayotgan yosh bola va uning doʻstlari

Gʻazna shahri aholisi 2015-yildagi 143 379 kishidan[1] 2018-yilda 270 000 kishiga koʻpaydi, chunki zoʻravonlik sodir boʻlgan hududlardan qochqinlar shaharga yopirilib keldi[2]. 2015-yilda Gʻazni shahrida 15 931 ta turar joy bor edi[3].

Aholisi koʻp millatli boʻlib, taxminan 50% tojiklar, 25% hazoralar va 25% pushtunlardir[4][5].

Infratuzilmasi

Thumb
Malika Jahon maktabi – toʻliq qizlar maktabi boʻlib, 5 000 dan ortiq oʻquvchilari va 150 nafar oʻqituvchilari bor
Thumb
Gʻaznada yangi qurilgan darvozalar

Transport tizimi

2012-yil aprel oyida Gʻazna gubernatori Musoxon Akbarzoda Gʻazni aeroportiga tamal toshini qoʻydi. Ish oʻsha yilning oxirida boshlandi va uni Gʻazni viloyati boshqaruvchi direktori muhandis Ahmad Vali Tavakkaliy boshqardi[6].

Shahar Afgʻonistonning janubida Kobul va Qandahor oʻrtasida oʻtadigan asosiy magistralning yonida joylashgan. Gardez va sharqda va boshqa yaqin qishloqlar, shuningdek, shimoli-gʻarbda Hazorojot shaharlariga olib boradigan yoʻllar mavjud.

Taʼlim tizimi

Shaharda bir qator davlat maktablari mavjud. Malika Jahon maktabi 5000 dan ortiq oʻquvchi va 150 oʻqituvchiga ega boʻlgan qizlar maktabidir. Nasvan shahar koʻhna maktabi, yana bir qiz bolalar maktabida 3000 dan ortiq oʻquvchilar bor. 2012-yilda kattalar savodxonligi darajasi 41,2% ni tashkil etdi (2012)[7].

Resurslari

Gʻazna shahri yogʻingarchilik kam boʻlgan hududda joylashgan. 2007-yilda Jixay daryosidagi 50 yillik toʻgʻonning dambalaridan biri buzilib, Gʻazna shahri aholisini suv taʼminoti bilan bogʻliq tashvishlarga sabab boʻldi. Toʻgʻon Gʻazna shahri va uning atrofidagi qishloq xoʻjaligi hududlari uchun sugʻorish suvi manbai boʻlib xizmat qiladi[8][9]. Tarixda yaqin atrofdagi daryolar suv toshqini va jiddiy zarar va oʻlimga olib kelgan[10], ammo buni bartaraf etish uchun harakatlar boshlangan[11].

Sporti

Gʻaznadagi professional sport jamoalari

Batafsil maʼlumot Jamoa nomi, Oʻynayotgan ligasi ...
Jamoa nomiOʻynayotgan ligasiSport turiStadioniTashkil topgan yili
Bandi Amir ajdarlari (pushtucha: بند امير ښاماران Band-e-Amīr Khāmārān / Shāmārān; dariycha: بند امیر شاماران)Shpagiza Kriket ligasiKriketGʻazna kriket maydoni2013-yil
Oqaban Hindikush F. C. (forscha: عقابان هندوکش)Afgʻoniston Chempionlar ligasiFutbolGʻazna maydoni2012-yil
Yopish
  • Stadionlari
    • Gʻazna kriket maydoni
    • Gʻazna maydoni

Mashhur shaxslari

Hukmdorlar va imperatorlar

Siyosatchilar va harbiy rahbarlar

Toʻgʻrul Gʻaznaviy, Gʻaznaviylar taxtini egallab olgan qullikdan chiqqan turk sarkasdasi

  • Ozodxon Afgʻon, 18-asrdagi pushtunlar harbiy qoʻmondoni;
  • Nurmuhammad Taraqqiy, Afgʻonistonning sobiq prezidentlaridan biri.

Shoirlar va olimlar

  • Abu Rayhon Beruniy, 11-asrda yashagan qomusiy alloma, Gʻazna shahrida faoliyat olib borgan va vafot etgan;
  • Abulfazl Bayhaqiy, 10/11-asrda yashagan tarixchi olim, kotib, Gʻazna shahrida vafot etgan;
  • Asjadiy, Gʻaznaviylar saltanatidagi saroy shoiri;
  • Farruhiy Seyistoniy, Gʻaznaviylar saltanatidagi saroy shoiri, umrining katta qismini Gʻaznada oʻtkazgan va shu yerda vafot etgan;
  • Manuchehriy, Gʻaznaviylar saltanatidagi saroy shoiri, katta ehtimol bilan Gʻaznada vafot etgan;
  • Unsuriy, Gʻaznaviylar saltanatidagi saroy shoiri;
  • Hakim Sanoiy, 11/12-asrlarda yashagan fors soʻfiy shoiri va tasavvufchisi;
  • Hasan Gʻaznaviy, 12-asrda yashagan fors shoiri;
  • Fayz Muhammad Kotib Hazora, 19/20-asrlarda yashagan tarixchi, yozuvchi va ziyoli;
  • Abdulrahmon Pajvak, afgʻon shoiri va diplomati;
  • Bhay Nand Lal, 10-asrda yashagan sikh gurusi Gobind Singhning saroy shoiri.

Diniy rahbarlar

  • Ali al-Hujviriy, 11-asrda yashagan fors sunniy musulmon tasavvufchi, ilohiyotchi va voizi;
  • Jamoliddin Gʻaznaviy, 12-asr hanafiy fiqhshunosi, ilohiyotshunos va moturidiy mazhabining kalomshunos olimi;
  • Pir Gʻulom Muhiddin Gʻaznaviy (1902-1975), islom soʻfiy olimi. U Gʻazni shahrida tugʻilgan va keyinchalik ishlash uchun Pokistonga ketgan. U mohra shariflik Muhammad Qosim Sodiqqa murid boʻlib, soʻfiylikni qabul qilib, Pokistonning Ozod Kashmir viloyatidagi Nerian Sharif hududini makon qilgan;
  • Gʻulom Muhammad Niyoziy, siyosiy islom harakati mutafakkiri, Kobul universiteti ilohiyot fakulteti dekani.

Boshqalar

  • Abdulahad Momand, koinotga sayohat qilgan birinchi afgʻon va toʻrtinchi musulmon.

Diqqatga sazovor joylari

Qardosh shaharlari

Yana qarang

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.