Halti
From Wikipedia, the free encyclopedia
Halti (fin: Halti, ayrim holatlarda Haltiatunturi, shimoliy Sami tilida Háldičohkka, shvedcha: Haldefjäll) Norvegiya va Finlandiya chegarasidagi felllardan biri hisoblanadi. Eng baland choʻqqisi (balandligi 1,365 m (4,478 ft)) Ráisduattarháldi deb nomlangan boʻlib, Norvegiyaning Nordreysa va Gaivuotna-Kåfjord munitsipalitetlari oʻrtasidagi chegarada, Finlandiya bilan chegaradan taxminan bir kilometr (5⁄8 milya) shimolda joylashgan[2]. Finlandiya tomonidagi fellning eng baland nuqtasi dengiz sathidan 1,324 m (4,344 ft) balandlikda qad roslagan hamda mamlakatning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Halti togʻining Finlandiyadagi qismi Laplandiya provinsiyasidagi Enontekiö munitsipalitetiga tegishli.
Boshqa nomi |
fin tilida: Halti |
---|---|
Joylashuvi | Norvegiya |
Koordinatalar | 69°19′22″N 21°16′44″E[1] |
Eng qulay yoʻl | Finlandiyadagi Kilpisjärvi shahridan 50 km (30 mi) atrofida piyoda yoki Norvegiyada Kåfjorddalendan 5 km (3 mi) piyoda boriladi. |
Halti | |
---|---|
Halti fjelt ning cho'qqisi | |
Joylashuvi |
Norvegiya 69°19′22″N 21°16′44″E[1] |
Halti joylashuvi |
Finlandiyadagi eng baland nuqtasi Raisduattarhaldi boʻlib, 1,324 m (4,344 ft) balandlikda joylashgan. Norvegiya chegarasida Hálditšohkka nomi bilan tanilgan, eng baland choʻqqi Finlandiyada emas; chegara hududida joylashgan[3].
Chegaraning shunday boʻlishining sababini 1734-yilda Norvegiya Daniyaga tegishli boʻlgan va Finlandiya Shvetsiyaning bir qismi boʻlgan Shvetsiya-Daniya chegara shartnomasida bu holatni koʻrish mumkin. Shartnoma chegarani faqat togʻlar kabi eng katta tabiiy obyektlar bilan belgilaydi. Shunday qilib, xalqaro chegara komissiyalari togʻli chegara boʻylab yurishadi va chegara belgilarini qulay boʻlgan joyga qoʻyishadi. Haqiqiy chegara, oʻsha paytdagi odatiy amaliyot boʻlgani kabi, bu belgilar orasidagi toʻgʻri chiziqda yotishiga kelishib olingan[4].
Finlandiyaning eng baland nuqtasiga chiqishning bir yoʻli 55 km (34 mi) trekking yoʻli boʻlib Saana, Kilpisjarvidan Haltigacha choʻzilgan. Eng oson yoʻnalish Norvegiyaning Birtavarre shahridan boradigan mahalliy yoʻldan (faqat yozda ochiq) 6 km (3 1⁄2 mi) masofa oʻtib boriladi. Yoʻnalish toshloqdan iborat va piyoda holda yurishga moslashmagan.