![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/uz/thumb/2/2b/Hamroqul_Tursunqulov.jpg/640px-Hamroqul_Tursunqulov.jpg&w=640&q=50)
Hamroqul Tursunqulov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hamroqul Tursunqulov (1892-yil 12-mart, hozirgi Fargʻona tumani Vodil qishlogʻi — 1965-yil 9-avgust Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Shoʻralisoy qishlogʻi; Toshkent shahrida Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi. Qishloq xoʻjzligi sohasida 3 marta Mehnat Qahramoni (1948, 1951, 1957) boʻlgan yagona inson[1]. Fargʻona viloyati Chimyon volost ijroiya qoʻmitasi raisi (1922—23), Chimyon rayon „Qoʻshchi“ uyushmasi raisi (1925), Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida „Birlik“ va „Mehnat“ qishloq xoʻjaligi artellarini tuzgan (1929). Tojikistonda davlat xoʻjaligi direktori (1930—35). 1935-yildan to umrining oxirigacha Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi „Sharq yudduzi“ (hozirgi H. Tursunqulov nomidagi shirkat xoʻjaligi) raisi boʻlgan. Tursunqulov rahbarligida kolxoz respublikada ilgʻor xoʻjaliklar qatoriga koʻtarilib, dehqonchilik va chorvachilikda yuqori koʻrsatkichlarga erishgan.
Hamroqul Tursunqulov | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
12-may 1892-yil Fargʻona general-gubernatorligi Margʻilon uyezdi Vodil qishlogʻi |
Vafoti |
9-avgust 1965-yil Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Shoʻralisoy qishlogʻi |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Jamoa xoʻjaligi raisi |
Unvoni |
![]() ![]() ![]() |
Mukofotlari |
![]() ![]() ![]() ![]() |