From Wikipedia, the free encyclopedia
Hamza Abdi Barre (somalicha: Xamse Cabdi Barre, arabcha: ) hozirda Somali Federal Hukumatida Bosh Vazir vazifasini oʻtayotgan siyosatchi. U 2022-yil 15-iyunda Prezident Hassan Sheikh Mohamud tomonidan nomzod sifatida taklif etilgan[3] va 2022-yil 25-iyunda parlament tomonidan tasdiqlangan[4]. Hamza shuningdek 2021-yil 28-dekabrda Somali Federal parlamenti Xalq palatasiga saylangan parlament aʼzosi[5].
Hamza Abdi Barre Xamse Cabdi Barre | |
---|---|
Barre, 2022-yil | |
Somali Bosh Vaziri | |
Mansab davri 2022-yil 26-iyun – hozirgacha | |
Prezident | Hassan Sheikh Mohamud |
Oʻtmishdoshi | Mohamed Hussein Roble |
Xalq palatasining aʼzosi | |
Mansab davri 2021-yil 28-dekabr – hozirgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1972/1973 (50 yoki 51 yosh[1]) Kismayo, Somali Demokratik Respublikasi[2] |
Siyosiy partiyasi | Tinchlik va taraqqiyot uchun ittifoq (UPD) |
Bolalari | 8 |
Istiqomat joy(lar)i | Mogadishu, Somali |
Taʼlim | Bakalavr diplomi, Magistr diplomi |
Hamza pastki Jubadagi Kismayo shahrida [6], Darod urugʻining Ogaden filialida tugʻilgan[7].
Hamza boshlangʻich taʼlimni oʻz davlatida tugatgan va 2001-yilda Yamandagi University of Science and Technology universitetida bakalavr diplomini yoqlagan[6]. 2003-yildan 2004-yilgacha Hamza Mogadishudagi xususiy maktab ijrochi direktori boʻlgan[6]. 2005-yil avgustda[8] u Kismayo University yaratuvchilaridan biri boʻlgan[6]. U 2009-yilda Malayziyadagi Xalqaro Islom Universitetida Magistrlik diplomini yoqlaydi[2]. Magistrlik diplomini yoqlagandan soʻng va siyosiy karyerasini boshlashidan oldin u juda koʻp yillarni Kismayo va Mogadishuda oʻqituvchi boʻlib oʻtkazadi.
Barre uzoq vaqtdan beri Tinchlik va taraqqiyot uchun ittifoq partiyasining tarafdori boʻlgan va federal hukumat idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.
2014-yildan 2015-yilgacha Barre Banaadir viloyati gubernatori va keyinchalik Mogadishu meri Hassan Mohamed Husseinning maʼmuriy maslahatchisi boʻlib ishlagan. Barre shuningdek Konstitutsiyaviy ishlar va federal vazirligining katta maslahatchisi boʻlib ishlagan[1][2]. U Bosh Vazir boʻlishidan oldin prezident Mohamud boshchiligidagi Tinchlik va taraqqiyot partiyasi bosh kotibi (2011-2017-yillar)[1] va prezident Mohamed Abdullahi Mohamed boshchiligidagi Jubbaland saylov komissiyasi raisi (2019-2020-yillar) kabi yuqori siyosiy lavozimlarda ishlagan[2]. 2022-yil 26-iyundan beri Barre Prezident Mohamud[9] bilan yonma yon Somalining Bosh Vaziri sifatida ishlab kelmoqda[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.