Harakat muloqoti, tana tili
From Wikipedia, the free encyclopedia
Harakat muloqoti (tana tili)- bu ko'z bilan aloqa qilish, yuz ifodalari, imo-ishoralar va gavdani tutish kabi og'zaki bo'lmagan muloqot orqali xabarlar yoki signallarni uzatish. U ijtimoiy belgilar, harakat, ikki inson o'rtasidagi masofa va jismoniy muhit, tashqi ko'rinish, teginish va tovush erkinligidan foydalanishni o'z ichiga oladi.[1] Imo-ishoralar uch xil qismga ega, jumladan asosiy imo-ishoralar ya'ni imo-ishoralar orqali yetkazib berilayotgan signallarning maqsadi va uni qay uslubda talqin qilishiga bog'liq.[2] Qabul qiluvchi bu signallarni anglashi va tushunib yetishi uning bilim va hissiyotlaridan kelib chiqadi.[2] Qolaversa, imo-ishoralarga vaqtdan foydalanish ( xronemiya ) va ko'z bilan aloqa qilish, gaplashish va tinglash paytida qarash harakatlari, qarashlar soni, ko'z qorachig'ining kengayishi va miltillash tezligini qamrab oladi.