From Wikipedia, the free encyclopedia
Heath Gregory Pearce (talaffuzi: Hit Gregori Pirs; 1984-yil 13-avgustda AQShning Kaliforniya shtati Modesto shahrida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi. AQSh terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. Hozirgi kunda u YouTube videoxostingidagi „KICK“ vlogida „The Mixer“ dasturining boshlovchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Heath Gregory Pearce | ||
Tavallud sanasi | 13-avgust 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Modesto, Kaliforniya, AQSh | ||
Boʻyi | 6 ft 0 in (1.83 m) | ||
Ampluasi | yarim himoyachi, himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2001 | IMG Soccer Academy | ||
2002—2004 | Portland Pilots | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2005—2007 | FC Nordsjælland | 75 | (2) |
2007—2009 | Hansa Rostock | 31 | (0) |
2009—2010 | FC Dallas | 34 | (0) |
2011—2012 | Chivas USA | 40 | (0) |
2012—2013 | New York Red Bulls | 32 | (2) |
2014 | Montreal Impact | 23 | (0) |
2015 | IFK Göteborg | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2000—2001 | AQSh U17 | 4 | (2) |
2003 | AQSh U18 | 1 | (0) |
2003 | AQSh U20 | 3 | (0) |
2005—2012 | AQSh | 35 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Heath Pearce futbolchilik faoliyatini Portlend universitetining futbol jamoasida oʻynashdan boshlagan.
2005-yilda Heath Pearce Daniyaning „Nordsjælland“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. U darhol klubning asosiy bazasidan joy oldi va ikki mavsum davomida himoya chizigʻining yetakchisi boʻldi.
2007-yil 16-iyulda Heath Pearce Germaniyaning „Hansa Rostock“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[1]. 11-avgust kuni „Bayern München“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qildi[2]. Mavsum oxirida „Hansa Rostock“ futbol klubi Ikkinchi Bundesligaga yoʻl oldi. 2009-yil aprel oyida Heath Pearce jarohat olganlikda gumon qilingani uchun zaxiraga oʻtkazildi[3]. Heath Pearce bu haqiqat emasligini daʼvo qilgan boʻlsa-da, shunday sababga koʻra uning shartnomasi klub tomonidan bekor qilingan.
2005-yil 12-noyabrda Shotlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Heath Pearce uchrashuvning ikkinchi yarmida DaMarcus Beasley oʻrniga maydonga tushib AQSh terma jamoasi safida debyut qildi[4]. 2006-yilda Heath Pearce Jahon chempionati oldidan oʻrtoqlik oʻyinlariga chaqirilgan, ammo yakuniy tarkibga kiritilmagan.
2007-yilda Heath Pearce Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Kolumbiyaga qarshi oʻyinda ishtirok etdi[5]. 2009-yilda Heath Pearce Konfederatsiyalar kubogida terma jamoa safida oʻynadi va kumush medallarni qoʻlga kiritdi. U zaxiradan maydonga tushmagan. Oʻsha yili Heath Pearce AQSh jamoasi tarkibida CONCACAF oltin kubogida ishtirok etdi va musobaqaning kumush medalni qoʻlga kiritgan. Turnirda Heath Pearce Gonduras, Meksika, Grenada va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[6][7][8][9][10].
Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok | Xalqaro turnir | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Portland Pilots | 2002 | 20 | 2 | — | — | 20 | 2 | ||
2003 | 20 | 1 | — | — | 20 | 1 | |||
2004 | 22 | 5 | — | — | 22 | 5 | |||
Jami | 62 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 62 | 8 | |
Bradenton Academics | 2003 | 11 | 1 | 1 | 0 | — | 12 | 1 | |
FC Nordsjælland | 2004—2005 | 15 | 0 | 0 | 0 | — | 15 | 0 | |
2005—2006 | 31 | 1 | 0 | 0 | — | 31 | 1 | ||
2006—2007 | 29 | 1 | 0 | 0 | — | 29 | 1 | ||
Jami | 75 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 75 | 2 | |
Hansa Rostock | 2007—2008 | 19 | 0 | 2 | 0 | — | 21 | 0 | |
2008—2009 | 12 | 0 | 1 | 0 | — | 13 | 0 | ||
2009—2010 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 31 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 34 | 0 | |
FC Dallas | 2009 | 6 | 0 | — | — | 6 | 0 | ||
2010 | 28 | 0 | 1 | 0 | — | 29 | 0 | ||
Jami | 34 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 35 | 0 | |
Chivas USA | 2011 | 30 | 0 | 1 | 0 | — | 31 | 0 | |
2012 | 10 | 0 | — | — | 10 | 0 | |||
Jami | 40 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 41 | 0 | |
New York Red Bulls | 2012 | 18 | 2 | 2 | 1 | — | 20 | 3 | |
2013 | 14 | 0 | 2 | 0 | — | 16 | 0 | ||
Jami | 32 | 2 | 4 | 1 | 0 | 0 | 36 | 3 | |
Montreal Impact | 2014 | 23 | 0 | 4 | 0 | 2 | 0 | 29 | 0 |
IFK Göteborg | 2015 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 3 | 0 | |
Umumiy faoliyatida | 308 | 13 | 17 | 1 | 2 | 0 | 327 | 14 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.