From Wikipedia, the free encyclopedia
Hector Berlioz (fransuzcha talaffuzi: [ɛktɔʁ bɛʁljoz]; 1803.11.12, La Côte-Saint-André — 1869.8.3, Parij) — fransuz kompozitori, dirijyor, musiqa tanqidchisi, romantik programmali simfoniya ijodchisi. Parij konservatoriyasida oʻqigan (1826—30). 5 qismli "Fantastik simfoniya"ni ijod etgan. "Sardanapal" kantatasi uchun Katta Rim mukofotiga sazovor boʻlgan. 30-yil iyul inqilobi qurbonlarining yodnomasi boʻlgan "Tantanali motam simfoniyasi" (1840), "Troyaliklar" dulogiya ("Qoʻsh opera")si mashhur (1855—59). 1856-yildan Fransiya instituti (Akademiya) aʼzosi. Bayron asari boʻyicha alt va orkestr uchun yozgan "Garold Italiyada" simfoniyasi (1834), katta simfonik orkestr bilan toʻrtta mis damli sozlar orkestri uchun "Rekviyem"i (1837), "Benvenuto Chellini" romantik operasi (1838), "Faustning qoralanishi" (Gyote asari asosida) dramatik afsona opera — oratoriyasi (1846), "Beatriche va Benedikt" operasi (Shekspir asari asosida, 1862) Berliozning harakterli asarlaridandir. Hector Berlioz ijodiy faoliyati bilan Yevropa musiqa sanʼati taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.