Hindiston avtomobilsozlik sanoati dunyoda beshinchi oʻrinda turadi.[1] 2019-yil yakunlari boʻyicha Hindistonda 4,5 million avtomobil ishlab chiqarilgan, shundan 3.62 million yengil va 893 ming tijorat avtomobili hisoblanadi. Hindiston avtomobil sanoati mamlakatning yalpi ichki mahsulotining (YIM) 7,1 % ni tashkil etadi. 2019-yilda 676 ming yoʻlovchi avtomobili eksport qilindi.