Hip hop 1970-yillar oxirida AQShda afroamerikaliklar muhitida vujudga kelgan yoshlar submadaniyatidir. Unga oʻz musiqasi (u ham „hip hop“ deb ataladi), oʻz soʻzlashuv uslubi, oʻz modasi, raqs uslubi (breakdance va boshqalar), grafik sanʼat (graffiti) va oʻz kinematografi xos. 1990-yillar boshlariga kelib, hip hop dunyoning koʻpgina mamlakatlarida yoshlar madaniyatining bir qismiga aylandi. Ushbu maqolada hip hop uslubidagi musiqa va hip hop submadaniyatining umumiy elementlari koʻrib chiqiladi.
Hip hop | |
---|---|
Uslubiy ildizlari: | |
Madaniy ildizlari: | 1970-yillar boshlari, The Bronx, New York shahri, AQSh[2] |
Xos cholgʻu asboblari: | |
Hosilaviy shakllari: |
|
| |
Fusion janrlar | |
Hip hop musiqasi
Hip hop musiqasi ikki asosiy elementdan tashkil topgan: rapdan (qofiyalari aniq ritmik rechitativdan) va dj belgilaydigan ritmdan; shu bilan bir vaqtda vokalsiz taronalar ham koʻp uchraydi. Shunday kombinatsiyada rapning ijrochilari oʻzlarini „MC“ deb ataydilar (inglizcha: MC — Microphone Controller yoki Master of Ceremony).
Bugungi kunda hip hop zamonaviy koʻngilochar musiqaning tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli koʻrinishlaridan biridir va uslubiy jihatdan janr ichida koʻpgina yoʻnalishlar bilan koʻrsatilgan.
Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.