Hirot jome masjidi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Hirot jome masjidi (arabcha: ; dariycha: مسجد جامع هرات)[1], Afgʻonistonning shimoli-gʻarbidagi Hirot viloyati Hirot shahridagi masjid. Masjid milodiy 1200-yilda poydevor qoʻygan Sulton Gʻiyatiddin Muhammad Gʻoriy hukmronligi ostidagi Gʻuriylar tomonidan qurilgan. Keyinchalik, Hirotda asrlar davomida Kartidlar, Temuriylar, Mugʻullar va keyin oʻzbeklar hukmdorlari almashgani sababli bir necha bor kengaytirish ishlari amalga oshrilgan. Gʻuriylar davridagi masjidning asosiy tuzilishi saqlanib qolingan, biroq uning ayrim qismlari yangidan qoʻshilgan va oʻzgartirilgan. Hirotdagi Juma masjidi hozirgi koʻrinishini XX asrda olgan.
Masjid | |
Hirot jome masjidi | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Shahar | Hirot |
Koordinatalar | 34°20′35″N 62°11′45″E |
Umumiy maydoni | 21 ming 600 kvadrat metr |
Minoralar soni | 12 |
Minoralar soni | 12 |
Minoralar balandligi | 12-36 metr |
Qurilish materiallari | gʻisht, tosh, sirlangan keramika |
Andoza:+JoyXarita | |
Hirot jome masjidi Vikiomborda |
Kundalik namoz oʻqiladigan koʻplab kichik mahalla masjidlaridan tashqari, Islom dunyosidagi aksariyat jamoalarda kattaroq masjid, juma namozini vaʼz qilish uchun jamoat masjidi ham mavjud. Hirotning Jom’e masjidi har doim ham Hirotdagi eng katta masjid boʻlmagan; Temuriylar tomonidan qurilgan Gavharshod masjidi va madrasasi ancha katta majmua boʻlib shaharning shimoliy qismida joylashgan. Biroq, bu meʼmoriy yodgorliklar 1885-yilda Britaniya Hindiston armiyasi zobitlari tomonidan, rus armiyasi Hindistonga bostirib kirmoqchi boʻlgan ytaqdirda, qal’a sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaslik uchun dinamitatsiya qilingan.