From Wikipedia, the free encyclopedia
Park Sun-young (1989-yil 30-mayda tugʻilgan)[1], Hyomin sahna nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa. Janubiy Koreyaning „T-ara“ qizlar guruhining aʼzosi. Guruh faoliyatidan tashqari, Hyomin „My Girlfriend is a Nine-Tailed Fox“ (2010), „Gye Baek“ (2011), „The Thousandth Man“ (2012) kabi turli teledramalarda va „Gisaeng Ryung“ (2011), „Jinx!!!“ (2013) kabi turli filmlarda rol ijro etgan. Hyomin 2014-yil 30-iyunda oʻzining ilk mini-albomi „Make Up“ bilan yakkaxon ijrochi sifatida debyut qilgan.
Hyomin | |
---|---|
Tavalludi |
Park Sun-young 30-may 1989-yil Pusan, Janubiy Koreya |
Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
Kasbi |
|
Hyomin 1989-yil 30-mayda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda „MiMi Princess“ modellik tanlovida gʻolib chiqqan[2][3] va „T-ara“ guruhi bilan debyut qilishdan oldin taniqli internet yuziga aylangan. Hyomin „JYP Entertainment“ ostida amaliyot oʻtovchi boʻlgan va 2007-yilda „ Wonder Girls“ aʼzosi boʻlgan Hyunaning oʻrnini egallagan[4]. Hyomin 2009-yilda „T-ara“ aʼzosi sifatida debyut qilgan, 30-iyul kuni „M Countdown“ musiqiy dasturida oʻzining „Lie“ nomli singli bilan sahnada ilk bor chiqish qilgan[5].
Hyomin 2009-yil 23-oktyabrdan 2010-yil 24-dekabrgacha KBS’ telekanalida efirga uzatilgan „Invincible Youth“ estrada shousining doimiy ishtirokchisi sifatida qatnashib kelgan[6]. 2009-yil noyabr oyida „I Really Really Like You“[7], dramasia rol ijro etgan.
Hyomin „My Girlfriend is a Nine-Tailed Fox“ (2010) dramasida 2010-yilning 11-avgustidan 30-sentyabriga qadar Pan Sun-nyo rolini ijro etgan[8]. U oʻzining katta ekrandagi debyutini 2011-yil 4-avgustda chiqqan „Gisaeng Ryung“ dahshatli filmida qilgan[9].
Hyomin 2017-yil yanvar oyida „Save The Children Korea“ tashkiloti tomonidan oʻtkazilgan „Give Love“ („Sevgi ber“) aksiyasida ishtirok etgan. Aktrisa bir nechta mahsulotlarni xayriya qilgan[10].
Hyomin 2019-yilda Gangvondodagi yong‘in falokati qurbonlari uchun turli buyumlarni buyumlarini xayriya qilgan[11].
Hyomin 2020-yil fevral oyida COVID-19 tarqalishi paytida Daegu shahri fuqarolariga 3000 ta niqob xayriya qilgan[12].
Nomi | Albom tafsilotlari | Eng yuqori pozitsiyalar | Sotuvlar soni | |
---|---|---|---|---|
KOR [13] | TWN [14] | |||
Make Up |
|
6 | 15 |
|
Sketch |
|
3 | 1 |
|
Allure |
|
11 | — |
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.