From Wikipedia, the free encyclopedia
Amethyst Amelia Kelly (talaffuzi: Ametist Ameliya Kelli; 7-iyun 1990-yilda tugʻilgan) Iggy Azalea (talaffuzi: Iggi Azaliya) taxallusi ostida tailgan avstraliyalik reperdir[1]. 16 yoshida Azalea Avstraliyadan AQShga koʻchib oʻtadi. Azalea „Pussy“ va „Two Times“ qoʻshiqlari uchun olingan video kliplarni YouTubeda chiqarganidan soʻng, tezda shuhrat qozondi. Azalea amerikalik rapper T.I.ning leybli boʻlgan Grand Hustle bilan shartnoma imzoladi hamda oʻzining ilk Ignorant Art (2011) nomli mixtapesini chiqardi.
Iggy Azalea | |
---|---|
Azalea ACL musiqa festivalida (2014) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Amethyst Amelia Kelly 7-iyun 1990-yil Sidney, Yangi Janubiy Uels, Avstraliya |
Fuqaroligi |
Avstraliya AQSh |
Kasbi |
|
Leybl |
|
Janr | Hip hop |
Hamkorligi |
|
Faoliyat yillari | 2011 – hozirgacha |
Veb-sayt | iggyazalea.com |
Imzosi | |
Azalea 2014-yilda ilk studiyaviy albomi boʻlmish The New Classicni ommaga taqdim etdi. Albom umumjahon boʻylab bir nechta chartlarda top beshtalikka kirdi, biroq tanqidchilar tomonidan aralash baholandi. Albom Billboard Top R&B/Hip-Hop Albums chartida yuqori pogʻonalardan oʻrin olib, buning ortidan Azalea albomi chartlarda yuqori oʻrin egallagan amerikalik boʻlmagan ilk ayol rapper boʻldi[2]. Albomning „Work“ va „Fancy“ singllari AQShning Billboard Hot 100 chartida yuqori oʻrinlarni egalladi. Azalea va Ariana Grande birgalikda ijro etgan „Problem“ ashulasi „Fancy“ singlidan keyingi ikkinchi oʻrinni band etdi. Ushbu hit ashulalar bilan Azalea Hot 100 chartida bir vaqtda birinchi va ikkinchi oʻrinlarni olgan artist sifatida qayd etildi, bunday natijaga bundan avval The Beatles guruhi erishgan[3][4][5]. Qoʻshimcha ravishda, u bir vaqtda Hot 100 charti top oʻntaligiga kirgan yuqorida aytib oʻtilgan uchta hit ashula ijrochisi boʻldi[6].
Shu kungacha Azalea umumjahon boʻylab 70 million nusxada audioyozuvlarini sotdi, birgina AQShning oʻzida singllari 22 million dona sotildi.[manba kerak] Azalea koʻplab yutuqlarga, jumladan ikki marta American Music Awards, uch marta Billboard Music Awards, bir marta MTV Video Music Award, bir marta People's Choice Award, toʻrt marta Teen Choice Awards va toʻrt marta Grammy Awardga loyiq topilgan. Azaleaning rasmiy YouTube kanalida umumiy koʻrishlar soni 3.4 milliardni tashkil etdi.
Nom | Tafsilotlar | Chart oʻrni | Sertifikatlar | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
AUS [8] |
CAN [9] |
IRE [10] |
NLD [11] |
NZ [12] |
SWE [13] |
UK [14] |
US [15] |
US R&B/ HH [16] |
US Rap [17] | |||||
The New Classic | 2 | 2 | 13 | 58 | 3 | 12 | 5 | 3 | 1 | 1 | ||||
In My Defense |
|
52 | – | —[24] | – | – | – | —[25] | 50 | 25 | 22 | |||
The End of an Era |
|
—[27] | – | – | – | – | – | —[28] | – | – | — | |||
Yil | Nomzod / ish | Mukofot | Natija |
---|---|---|---|
2014[31] | Iggy Azalea | Artist of The Year | Nominatsiya |
Yilning yangi rassomi | Nominatsiya | ||
Sevimli ayol rassom – Pop/Rok | Nominatsiya | ||
Sevimli ijrochi – Rap/Hip-Hop | Yutuq | ||
"Fancy" (feat. Charli XCX) | Yilning singlisi | Nominatsiya | |
The New Classic | Sevimli albom – Rap/Hip-Hop | Yutuq |
Yil | Nomzod / ish | Mukofot | Natija |
---|---|---|---|
2014[32] | Iggy Azalea | Eng yaxshi ayol rassom | Nominatsiya |
The New Classic | Murakkab ijodkor – Chiqarish | Yutuq | |
Eng yaxshi shahar albomi | Nominatsiya | ||
„Fancy“ (feat. Charli XCX) | Yil qoʻshigʻi | Nominatsiya | |
2015[33] | „Trouble“ (feat. Jennifer Hudson) | Nominatsiya |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.