From Wikipedia, the free encyclopedia
InterGlobe Aviation Limited, qisqacha IndiGo brendi, Hindistonning arzon aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Hindistonning Xaryana shtati Gurgaon shahrida joylashgan. 2023-yil iyul holatiga koʻra, ichki bozorda 63,4% ulushga ega boʻlgan aviakompaniya yoʻlovchilar soni va aviaparki hajmi boʻyicha Hindistondagi eng yirik aviakompaniyadir[6]. U aviaparki hajmi va tashilgan yoʻlovchilar soni boʻyicha Osiyoda ham eng yirik individual lou-koster va eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi. 2022-yil noyabr holatiga koʻra, u 300 milliondan ortiq yoʻlovchi tashigan[7]. 2023-yil dekabr holatiga koʻra, aviakompaniya 118 ta yoʻnalishga har kuni 2000 ta reysni amalga oshiradi, ulardan 85 tasi mahalliy va 33 tasi esa xalqaro[8][9][10]. Aviakompaniyaning asosiy markazi Dehlidagi Indira Gandi xalqaro aeroportida joylashgan[11].
| |||||||
Tashkil topgan | 2006-yil | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Boshlangan amaliyotlari | 4-avgust, 2006-yil | ||||||
Baza aeroporti |
| ||||||
Park hududi | 340 | ||||||
Parvoz yoʻnalishlari | 118[1] | ||||||
Egasi | InterGlobe Aviation Limited | ||||||
Tijoriy ramzi | BSE:539448 NSE:INDIGO | ||||||
Xalqaro xavfsizlik raqami | INE646L01027 | ||||||
Bosh qarorgohi | Gurgaon, Xaryana, Hindiston | ||||||
Muhim shaxslar | |||||||
Yillik daromadi | ₹55,878 kror ($7.0 milliard) (2023)[4] | ||||||
Operativ foyda | ₹4,784 kror ($600 million) (2023)[4] | ||||||
Kirim | ▼ ₹−317 kror (US$−40 million)(2023)[4] | ||||||
Aktivlari | ₹59,170 kror (US$7.4 milliard)(2023)[4] | ||||||
Majburiyatlari | ₹−6,246 kror (US$−780 million) (2023)(2023)[4] | ||||||
Xodimlar soni | 32,407 (2023)[5] | ||||||
Sayti | goindigo.in |
Aviakompaniya InterGlobe Enterprises kompaniyasi vakili Rahul Bhatiya va hind milliarderi Rakesh Gangval tomonidan 2006-yilda xususiy kompaniya sifatida tashkil etilgan. U oʻzining birinchi samolyotini 2006-yil iyul oyida qabul qildi va bir oy oʻtib faoliyatini boshladi. Aviakompaniya 2012-yilda yoʻlovchilar tashish bozoridagi ulushi boʻyicha Hindistonning eng yirik tashuvchisiga aylandi. Kompaniya 2015-yil noyabr oyida birja listinggiga kiritildi[12]. Hozirda kompaniyaning bosh ijrochi direktori Pieter Elbers hisoblanadi[13].
OAG Punctuality League IndiGoni 2018-yilda dunyodagi 4-eng punktual aviakompaniya, 2019-yilda 6-eng punktual aviakompaniya va 2021-yilda 3-eng punktual aviakompaniya deb topdi[7]. 2023-yil 19-iyun kuni IndiGo 500 ta Airbus A320 oilasidagi samolyotlarga qatʼiy buyurtma berdi va bu buyurtma samolyotlar soni boʻyicha tarixdagi istalgan aviakompaniya tomonidan amalga oshirilgan eng katta xarid boʻldi va Air Indianing 470 ta samolyotga buyurtmasidan oʻzib ketdi[14][15].
IndiGo 2006-yilda InterGlobe Enterprises kompaniyasi vakili Rahul Bhatiya va hind milliarderi Rakesh Gangval tomonidan xususiy kompaniya sifatida tashkil etilgan[16]. Tashkil etilgan paytda InterGlobe 51,12% ulushga, Gangvalning Virginiyada roʻyxatdan oʻtgan Caelum Investments kompaniyasi esa 47,88% ulushga ega edi[17][18]. IndiGo 2005-yil iyun oyida 100 ta Airbus A320-200 samolyotiga qatʼiy buyurtma berdi va 2006-yil oʻrtalarida ish boshlashni rejalashtirgan edi[19]. Aviakompaniyaga oʻzining birinchi samolyoti 2006-yil 28-iyulda – buyurtma berganidan deyarli bir yil oʻtib yetkazib berildi[20]. U 2006-yil 4-avgustda Nyu-Dehli—Guvahati—Imphal yoʻnalishida oʻz faoliyatini boshladi[21]. 2006-yil oxiriga kelib, aviakompaniya oltita samolyotga ega boʻldi va 2007-yilda yana toʻqqiztasi sotib olindi[21]. 2010-yil dekabr oyida IndiGo davlatga qarashli Air India aviakompaniyasidan oʻzib ketib, yoʻlovchilar bozorida 17,3% ulushi bilan Hindistondagi Kingfisher Airlines va Jet Airways dan keyingi uchinchi yirik aviakompaniyaga aylandi[22].
2011-yilda IndiGo 15 milliard AQSh dollari qiymatidagi 180 ta Airbus A320 samolyotiga buyurtma berdi[23]. 2011-yil yanvar oyida, toʻliq besh yil xizmat koʻrsatgandan keyin, aviakompaniyaga xalqaro reyslarni yoʻlga qoʻyishga ruxsat berildi[24]. 2011-yil dekabr oyida Hindiston Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi aviakompaniyaning tez kengayishi yoʻlovchilar xavfsizligiga taʼsir qilishi mumkinligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi[25].
2012-yil fevral oyida IndiGo faoliyat boshlaganiga olti yil toʻlmay oʻzining 50-samolyotini qabul qilib oldi[26]. 2012-yil mart oyida yakunlangan chorakda IndiGo Hindistondagi eng daromadli aviakompaniya boʻldi va yoʻlovchilar bozori ulushi boʻyicha Hindistondagi ikkinchi yirik aviakompaniyaga aylandi[27]. 2012-yil 17-avgustda IndiGo oʻz faoliyatini boshlaganidan olti yil oʻtib Jet Airwaysdan oʻzib, bozor ulushi boʻyicha Hindistondagi eng yirik aviakompaniyaga aylandi[28].
2013-yil yanvar oyida IndiGo Osiyoda Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasidan keyin ikkinchi eng tez rivojlanayotgan lou-koster aviakompaniya boʻldi[29]. 2013-yil fevral oyida Fuqaro aviatsiyasi vazirligi IndiGoga oʻsha yili faqatgina beshta samolyotni yetkazib berishga ruxsat berishini eʼlon qilganidan soʻng, aviakompaniya arzon mintaqaviy reyslar joriy qilish uchun shoʻba korxona tashkil etishni rejalashtirgan edi. Keyinchalik, IndiGo yana toʻrtta samolyot sotib olish uchun vazirlikdan ruxsat olishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi, shu sababli 2013-yilda toʻqqizta samolyotni qabul qilib oldi[30]. 2014-yil mart oyi holatiga koʻra, IndiGo oʻrindiqlar soni boʻyicha Osiyoda ikkinchi oʻrindagi arzon aviatashuvchi hisoblanadi[31].
2015-yil avgust oyida IndiGo 27 milliard dollarlik 250 ta Airbus A320neo samolyotiga buyurtma berdi, bu Airbus tarixidagi bir marta berilgan eng katta buyurtma boʻldi[32]. IndiGo 2015-yil 19-oktyabrda ₹3,018 kror (2023-yilgi kurs boʻyicha ₹36 milliard yoki $440 million) qiymatidagi aksiyalarini birlamchi ommaviy taklifini eʼlon qildi, sotuvlar 27-oktyabrdan boshlandi[33][34][35].
2019-yil oktyabr oyida IndiGo 300 dona Airbus A320neo samolyotiga umumiy qiymati ₹2,3 lakh krorlik navbatdagi buyurtmani berdi, bu Airbus tarixidagi eng katta buyurtma boʻyicha oʻzining oldingi rekordini yangiladi[36][37].
2019-yil dekabr oyida aviakompaniya kuniga 1500 ta reysni amalga oshirgan birinchi Hindiston aviakompaniyasiga aylandi[38]. 2019-yil 31-dekabrda u 250 dan ortiq samolyot parkiga ega boʻlgan Hindistonning birinchi aviakompaniyasi boʻldi[39].
2023-yil yanvar oyida aviakompaniya 300 dan ortiq samolyotdan iborat aviaparkka ega boʻlgan birinchi hind aviakompaniyasiga aylandi[40].
2023-yil fevral oyida aviakompaniya Turkish Airwaysdan nam lizing shartnomasi asosida bir dona Boeing 777-300ER samolyotini oʻz aviaparkiga qabul qildi. Toʻliq IndiGo liverasidagi ikkinchi samolyot bir necha oydan keyin parvozlarga qoʻydi. Bu aviakompaniya tomonidan foydalaniladigan birinchi keng fyuzelyajli samolyot va Hindistonda Air India va Vistaradan keyin keng fyuzelyajli samolyotlarni boshqaradigan uchinchi aviakompaniya hisoblanadi. Boeing 777 IndiGo foydalanadigan birinchi biznes-klass oʻrindiqlarga ega samolyot hisoblanadi[41][42][43].
2023-yil iyun oyida Parij aviashousida aviakompaniya 500 ta Airbus A320neo oilasidagi samolyotlarga buyurtma berdi va bu tijorat aviatsiyasi tarixidagi eng yirik samolyot buyurtmasiga aylandi[44].
2023-yil sentyabr oyida IndiGo Turkish Airways bilan kodshering hamkorlik orqali San-Fransiskoga parvozlar yoʻlga qoʻyilganini eʼlon qildi. Ushbu kelishuv Istanbul orqali AQShning Gʻarbiy sohilidagi shaharga parvozlarni osonlashtiradi. AQSh shaharlaridan tashqari ushbu kodeshering kelishuvi Yevropaning 30 dan ortiq yoʻnalishlarini, xususan London, Parij, Venetsiya, Afina, Budapesht, Rim kabi shaharlariga aviaqatnovlarni oʻz ichiga oladi[45].
2022-yilda IndiGo ichki bozorda 55% ulushga ega edi[46]. Aviakompaniya 15% bozor ulushi bilan Hindistonning xalqaro tashuvlarida bozorida ham yetakchi edi[47]. IndiGo bosh direktori xalqaro qatnovlarni koʻpaytirishni xohlayotganini aytdi[48].
Interglobe Aviation Limited aksiyalari Hindiston milliy fond birjasida (NSE) listingga qoʻyilgan va INDIGO nomi ostida ochiq sotiladi. 2023-yil 4-may holatiga koʻra, aviakompaniyaning bozor kapitallashuvi taxminan ₹ 23,36,214,94 lakhni tashkil qiladi[49].
IndiGo bosh ofisi Xaryana shtatining Gurugram shahrida joylashgan[50].
IndiGoning soʻnggi yillardagi asosiy koʻrsatkichlari (31-martda yakunlangan moliyaviy yil holatiga koʻra):
2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | 2022 | 2023 | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Daromadi (₹m) | 161 399 | 185 805 | 230 209 | 284 968 | 357 560 | 146 406 | 259 309 | 544 465 |
Soliq toʻlagandan keyingi foyda (₹m) | 19 897 | 16 591 | 22 424 | 1572 | −2,337 | −58,064 | −61,618 | −3,058 |
Xodimlari soni | 12 362 | 14 604 | 18 060 | 23 531 | 27 812 | 23 711 | 26,164 | 32 407 |
Yoʻlovchilar soni (m) [51] | 33 | 44 | 52 | 65 | 75 | 29 | 47 | 85 |
Yuk koeffitsienti (%) | 84,0 | 84.8 | 87.4 | 86.2 | 85.8 | 69.4 | 73.6 | 82.1 |
Aviaparki hajmi | 107 | 131 | 159 | 217 | 262 | 285 | 275 | 304 |
CO 2 emissiyasi (g) | 74,6[52] | 72,0 | 70,0 | 64.7 | 61.1 | 59.5 | ||
Manbalar | [53] | [54] | [55] | [5] | [5] | [5] | [5] | [5] |
2023-yil oktyabr holatiga koʻra, IndiGo 114 ta manzilga 1,900 dan ortiq kunlik parvozlarni amalga oshiradi. Bu reyslarning 81 tasi Hindiston ichida, 33 tasi xorijda amalga oshiriladi. Aviakompaniya 2023-yil iyun va oktyabr oylari mobaynida 174 ta yangi haftalik xalqaro reyslarni qoʻshdi[57][58][8]. Asosiy bazasi Dehli aeroportida joylashgan[59], shuningdek Bangalor[60], Chennay[61], Haydarobod[62], Kalkutta[61], Mumbay[61] va Kochi[63] aeroportlarida ham oʻz bazasiga ega. 2011-yil yanvarda IndiGo besh yil parvozlarni amalga oshirganidan keyin xalqaro aviaqatnovlar litsenziyasini qoʻlga kiritdi[64]. IndiGoning birinchi xalqaro parvozi Nyu-Dehli va Dubay orasida 2011-yil 1-sentyabr kuni amalga oshirildi.
IndiGo quyidagi aviakompaniyalar bilan koshering shartnomalariga ega:
2023-yil avgust holatiga koʻra, IndiGo parvozlar quyidagi samolyotlardan foydalanadi[71]:
Samolyot rusumi | Miqdori | Buyurtmalar soni[71] | Yoʻlovchi sigʻimi[72] | Eslatmalar |
---|---|---|---|---|
Airbus A320-200 | 20 | - | 180 | Asta-sekin foydalanishdan chiqariladi[73][74]. |
Airbus A320neo | 176 | 287 | 180 | Eng yirik operator[75]. |
186 | ||||
Airbus A321neo | 94 | 602 | 222 | Wizz Airdan keyin ikkinchi yirik operator[75]. |
232 [76] | ||||
Airbus A321XLR[77] | — | 69[78][48] | Hali yetkazib berilmagan | Ushbu turdagi samolyotlarning eng yirik buyurtmasi[79]. 2025-yildan boshlab yetkazib beriladi[48]. |
ATR 72-600 | 41[80] | 9[81][82] | 78 | |
IndiGo yuk aviaparki | ||||
Airbus A321-200/P2F | 2[83] | — | Yuk | [84] |
Jami | 333 | 967 |
IndiGo 2005-yil iyun oyida Parij aviashousida 6 milliard AQSh dollari miqdoridagi 100 ta Airbus A320-200 samolyotiga buyurtma berdi va 2006-yil oʻrtalarida oʻz faoliyatini boshlashni rejalashtirgan edi[19][85][86]. Aviakompaniya birinchi A320ni 2006-yil iyul oyida qabul qildi va 2015—2016-yillarda 100 ta samolyotni kiritishni rejalashtirdi[87]. 2011-yil 11-yanvarda esa qoʻshimcha 180 ta Airbus A320 samolyoti, shu jumladan 150 ta Yangi dvigatel variantiga ega (inglizcha: New Engine Option—NEO) samolyotlarga qiymati $15 milliardlik anglashuv memorandumini imzoladi. 2012-yilda aviakompaniya oʻzining 50-samolyotini[26], 2014-yil 4-noyabrda esa 100-samolyotni qabul qilib oldi va dastlabki buyurtmasi muddatidan avval bajarildi[88].
2011-yilda buyurtma qilingan Airbus A320neo oilasi samolyotlari 2015-yildan boshlab yetkazib berilishi kerak edi[89]. Biroq, ushbu samolyotlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishdagi kechikishlar sabab, IndiGo mavjud talabni qondirish uchun jami 22 ta foydalanilgan samolyotni quruq lizingga oldi[90]. 2014-yil 15-oktyabrda IndiGo umumiy qiymati 25,7 milliard dollarlik 250 ta A320neo samolyotiga buyurtma berish niyatini bildirdi[91]. 2015-yil 15-avgustda ushbu buyurtmani 26,5 milliard dollarga tasdiqladi. Buyurtma, shuningdek, IndiGoga baʼzi A320neo samolyotlarini A321neoLRlarga oʻzgartirish imkonini beradi, ular koʻproq yoʻlovchilar oʻrindiqlari oʻrnatishi va uzoqroq yoʻnalishlarda uchishi mumkin[92]. 250 ta samolyotga buyurtma Airbusning samolyotlar soni boʻyicha eng katta buyurtmasi edi[93]. IndiGo birinchi A320neoni 2016-yil mart oyida qabul qildi[94][95]. 2019-yil 10-oktyabrda Airbus tomonidan IndiGoning 1000-A320neo samolyoti yetkazib berildi[96]. 2019-yil 29-oktyabrda IndiGo kompaniyasi 300 ta A320neo oilasi samolyotlariiga qatʼiy buyurtma berdi, ushbu buyurtmalarning 87 tasi A320neo, 144 tasi A321neo va 69 tasi A321XLR edi. Shu bilan IndiGoning A320neo oilasi samolyotlariga buyurtmalarining umumiy sonini 730 taga yetdi[97][98][48].
IndiGo oʻzining birinchi ATR 72–600 samolyotini 2017-yil noyabr oyida qabul qildi.
2023-yil may oyida IndiGo 400 oʻrinli Boeing 777-300ER samolyotini oʻzining liverasida taqdim etdi. Samolyot Turkish Airlines bilan kodshering shartnomasi orqali 2023-yil 28-may kuni Istanbuldan Dehliga uchdi[99].
2023-yil iyun oyida Parij aviashousida aviakompaniya 500 ta Airbus A320neo samolyotiga buyurtma berdi. Bu tijorat aviatsiyasi tarixidagi eng yirik samolyot buyurtmasidir[44]. Parij havo koʻrgazmasining ochilish kunida eʼlon qilingan kelishuv, taxminan 55 milliard dollarni tashkil etadi. Bunda ulgurji buyurtma uchun beriladigan potentsial imtiyozlar hisobga olinmagan. Ushbu muhim kelishuv IndiGoga yangi samolyotlarni foydalanishga kiritish orqali operatsion samaradorlikni oshirish va yonilgʻi xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, deya taʼkidladi kompaniya[100]. Yetkazib berish 2030—2035-yillarda amalga oshiriladi[44].
Arzon narxlardagi tashuvchi sifatida IndiGo faqat ekonom klassdagi oʻrindiqlarni taklif qiladi. Tariflarni past ushlab turish uchun IndiGo oʻzining hech bir reyslarida bepul ovqatlanishni taklif qilmaydi, shu bilan birga pullik bortda ovqatlanish dasturiga ega[101]. Samolyotda koʻngilochar xizmatlar mavjud emas. Yoʻlovchilar parvoz davomida IndiGo tomonidan nashr etiladigan Hello 6E jurnalini mutolaa qilishlari mumkin[102]. IndiGo yuqori narxni toʻlashga tayyor yoʻlovchilarga oldindan tayinlangan oʻrindiq, chiptalarni bir necha marta bekor qilish va birinchi navbatda roʻyxatdan oʻtish kabi premium xizmatlarni taklif etadi[103]. 2019-yil sentyabr oyida kompaniya oʻz yoʻlovchilariga parvoz va aeroportda koʻngilochar imkoniyatlarni taqdim etish uchun talabga koʻra video taqdim etish ilovasi SonyLIV bilan aloqasi borligini eʼlon qildi[104].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.