![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/67/Indianapolis-indiana-soldiers-sailors-monument.jpg/640px-Indianapolis-indiana-soldiers-sailors-monument.jpg&w=640&q=50)
Indianapolis
From Wikipedia, the free encyclopedia
Indianapolis — AQShning shim. dagi shahar, Uayt-River daryosi boʻyida. Indiana shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 791 ming, shahar atrofi bilan birga 1,2 mln. kishidan ziyod (2000). Temir yoʻl va shosse yoʻllar tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo-moliya va madaniy markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik; aviatsiya va avtomobil dvigatellari, avtomashinalar uchun qismlar va uskunalar, elektr asboblari, aloka buyumlari, maishiy tele- va radio apparatlari, oʻlchovhisoblash pri-borlari, qurilish uskunalari, qishloq xoʻjaligi qurollari ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Rangli metallurgiya, kimyofarmatsevtika, poligrafiya, qogʻoz sanoatlari xdm rivojlangan. Muzey, 2 ta universitet bor. I.ga 1820 yilda asos solingan.[2]
Indianapolis | |
---|---|
Shahar | |
![]() | |
Indianapolis Gerb | |
39°46′0″N 86°9′0″W | |
Mamlakat | AQSh |
Shtat | Indiana |
Okrug | Marion |
Hukumat | |
• Mer | Gregory A. Ballard (R) |
Maydon | 9,635 km2 (3,720 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 218 m |
Aholisi (2010) |
829,718(12th) |
Zichligi | 861 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC−4, yozda UTC-3 |
Telefon kodi | 317 |
Pochta indeks(lar)i |
61 total ZIP codes:
|
FIPS kodi | 18-36003[1] |
Buyuk Indianapolis Marion okrugi va yondashgan okruglardan tashkil topgan. Kengroq taʼrifga koʻra Indianpolis yondosh hududlari bilan birgalikda hisoblaganda 2 million aholiga ega boʻlib (2005), unga AQShning 23chi va Midwestʼning 7chi yirik shahri maqomini olib beradi. Yagonalashgan ish kuchi va media bozori boʻyicha Indianapolis Metropolitan Statistik Hududi(MDH) 2005 yilga koʻra 1.64 million aholini tashkil etgan. Metropolitan Statistik Hududiga koʻra Indianapolis MidwestdaChikago, Detroyt, Minneapolis, St.Louis, Clevelend, Cincinnati va Columbusdan keyingi sakkizinchi oʻrinni egallaydi.
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/6/67/Indianapolis-indiana-soldiers-sailors-monument.jpg/640px-Indianapolis-indiana-soldiers-sailors-monument.jpg)
Indianapolis kuchli sport mavqei ega boʻlib , 1987 yilda Pan Amerikan oʻyinlari, Basketbol Turniri hamda har yili oʻtkaziladigan Indianapolis 500 uchun mashhur. Shaharni Indy, Amerika chorrahasi va Aylana shahar deb ham nomlashadi.