From Wikipedia, the free encyclopedia
Ioannis Amanatidis (talaffuzi: Jon Amanatidis; 1981-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Hujumchi va qanot hujumchisi sifatida oʻynagan. Gretsiyani yuqori darajadagi xalqaro miqyosda himoya qilgan.
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 3-dekabr 1981-yil | ||
Tavallud joyi | Kozani, Gretsiya | ||
Boʻyi | 1.83 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1991—1995 | Stuttgarter SC | ||
1995—1999 | VfB Stuttgart | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999—2004 | VfB Stuttgart | 35 | (6) |
2000—2002 | → Greuther Fürth (ijara) | 42 | (12) |
2004 | → Eintracht Frankfurt (ijara) | 15 | (6) |
2004—2005 | 1. FC Kaiserslautern | 23 | (6) |
2005—2011 | Eintracht Frankfurt | 140 | (42) |
Milliy terma jamoa | |||
2000—2003 | Gretsiya U21 | 15 | (2) |
2002—2009 | Gretsiya | 35 | (3) |
Boshqargan klublari | |||
2014—2016 | Iraklis U20 | ||
2016 | Iraklis (vaqtinchalik) | ||
2019—2020 | St. Gallen (yordamchi) | ||
2020 | PAOK (yordamchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Amanatidis Gretsiyaning Kozani shahrida tugʻilgan. Oilasi toʻqqiz yoshida Stuttgartga koʻchib oʻtdi va SC Stuttgartga qoʻshildi. Ikki yildan soʻng VfB Stuttgart akademiyasiga kirdi. 2002-yilda Bundesligadagi faoliyatini boshladi, SpVgg Greuther Fürthda ijara asosida oʻynagan. VfB Stuttgartning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Felix Magath bilan kelishmovchiliklar boʻlganidan soʻng, Bundesliganing „Eintracht Frankfurt“ jamoasiga ijaraga berildi, keyinroq jamoa ikkinchi divizionga tushib ketdi
Yozda 1. FC Kaiserslauternga erkin agent sifatida oʻtdi. Bir mavsumdan soʻng Frankfurtning „Eintracht“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
2008-yilning aprel oyida „Eintracht“ sardori Amanatidis klub bilan shartnomasini 2012-yilgacha uzaytirishga rozi boʻlgani xabar qilingandi.
2011-yilning 18-iyulida professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini rasman eʼlon qildi. Barcha musobaqalarda 325 oʻyinda 98 gol, 24 golli uzatma qayd etgan.
Amanatidis Gretsiya terma jamoasi safida ilk bor 2002-yilning noyabrida Irlandiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[1]. 2005-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi uchun yakuniy tarkibda tanlangan. Braziliya va Meksikaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2010-yil 9-avgustda Amanatatidis xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi[2]. Yevro-2008 final bosqichi uchun yakuniy tarkibga kiritilgan va Shvetsiya, Ispaniya va Rossiyaga qarshi barcha oʻyinlarda maydonga tushgan.
Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng, 2014-yilda Iraklis U20 jamoasiga zaxira jamoasi bosh murabbiyi sifatida qoʻshildi. 2016-yilning oktyabr oyida asosiy jamoaning vaqtinchalik murabbiyi sifatida ishlagan. 2019-yilning 15-yanvarida Shveysariya Superligasining „St.Gallen“ klubi bosh murabbiy boʻldi[3]. 2020-yil 3-avgustda Abel Ferreiraning PAOKda yangi bosh murabbiy yordamchisi boʻldi[4].
VfB Stuttgart
Eintracht Frankfurt
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.