James A. Garfield
From Wikipedia, the free encyclopedia
James Abram Garfield (talaffuzi: Jeyms Abram Garfild; 19-noyabr 1831-yil — 19-sentyabr 1881-yil) Amerika Qoʻshma Shtatlarining 20-prezidentidir. Bu lavozimda 1881-yil 4-martdan to oʻlimiga (lavozimga kirishganidan olti oy oʻtib) qadar faoliyat yuritgan. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Garfield AQSh tarixida prezident etib saylangan yagona Vakillar palatasi aʼzosi boʻlgan.
James A. Garfield | |
---|---|
Rasmiy portret | |
20-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 4-mart 1881-yil – 19-sentyabr 1881-yil | |
Oʻtmishdoshi | Rutherford B. Hayes |
Vorisi | Chester A. Arthur |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
James Abram Garfield 19-noyabr 1831-yil Moreland Hills, Ohio, AQSh |
Vafoti |
19-sentyabr 1881-yil(1881-09-19) (49 yoshda) Elberon, New Jersey, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Respublikachilar |
Turmush oʻrtogʻi |
Lucretia Rudolph (turm. 1858) |
Bolalari | 7 |
Ota-onasi |
|
Taʼlim |
|
Kasbi |
|
Imzosi |
Garfield Ohio shtatining Moreland Hills shahrida qashshoq oilada tugʻilib oʻsgan.[1] Williams kollejini tugatgach, huquqshunoslikni oʻqidi hamda prokuror boʻldi. 1859-yili Ohio shtati senatiga saylandi. Amerika fuqarolar urushi paytida Ittifoq armiyasida general-mayor sifatida xizmat qilib, Middle Creek, Shiloh va Chickamauga janglarida qatnashdi. Garfield 1862-yili Kongressga saylandi. U Kongressdagi faoliyati davomida oltin standartni qoʻllab-quvvatladi hamda mahoratli notiq oʻlaroq obroʻ-eʼtibor qozondi.