![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ef/Uzhn-Kz_obl.svg/languz-640px-Uzhn-Kz_obl.svg.png&w=640&q=50)
Turkiston (viloyat)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Turkiston viloyati (qozoqcha: Түркістан облысы, Türkıstan oblysy) — Qozogʻiston Respublikasi janubidadagi viloyat. 2018-yildan buyon Turkiston viloyati deb qayta nomlandi. 1932-yil 10-martda tashkil etilgan (1962—64 y-yilarda Janubiy Qozogʻiston oʻlkasining bir qismi, 1964-yildan 1992-yil 6-maygacha Chimkent viloyati). Maydoni 117,3 ming km2. Aholisi 2 621 523 kishi (2012), asosan qozoqlar va oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, ozarbayjon, tojik va boshqa millat vakillari yashaydi. Markazi 19-iyun 2018-yildan buyon turkiston shahri. Viloyat tarkibida 13 ta tuman[5], 4 ta shaharcha, 7 ta shahar, 13 ta kent, 171 ta qishloq okrugi, 932 ta qishloqlari bor. Toshkent — Aris — Orenburg , Almati — Oris — Orenburg temir yoʻl magistralining bir qismi oʻtgan. Muhim avtomobil yoʻllari: Chimkent — Toshkent, Chimkent — Taraz, Chimkent — Turkiston — Qiziloʻrda, Avialiniyalar Chimkentni Toshkent, Moskva, Bishkek, Almati, shuningdek, viloyat tumanlari bilan bogʻlaydi. Janubiy qozogʻiston viloyatida oliy oʻquv yurtlari, 2-teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, Sariogʻoch balneologik kurorta bor.[6]
| ||
Viloyat | ||
---|---|---|
Tegishli | Janubiy Qozogʻiston | |
Maʼmuriy markazi | Turkiston | |
Yirik shahari |
Turkiston Kentau | |
Asos solingan sanasi | 1932-yil | |
Akim | Oʻmirzaq Shoʻkeyev | |
Aholi (2019) |
▼ 1 983 967[1] (10,74 % , (2-oʻrin) | |
Zichligi | 17,00 kishi./km² | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar 76,02 % oʻzbeklar 16,97 % ruslar 1,76 % tojiklar 1,86 % boshqalari 3,36 %[2] | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, Xristianlar | |
Maydoni | 117 249 km² (4,3 %, 13-oʻrin) | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Telefon kodi | +7 725х xx-xx-xx[3] | |
Pochta indeksi | 16 xxxx[4] | |
Avtomobil raqami kodi | X, 13 | |
Rasmiy sayti | http://turkistan.gov.kz/ru/ | |
Xaritada | ||
![]() | ||
43°0′0″N 68°30′0″E |