Chimkent
From Wikipedia, the free encyclopedia
Chimkent yoki Shimkent (qozoqcha: Шымкент, Şymkent,شىمكەنت) — Qozogʻistondagi respublika ahamiyatidagi shahar[4]. Viloyat markazi boʻlgan (1932—62 yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati, 1962—64 yillarda Janubiy Qozogʻiston oʻlkasi, 1964—92 yillarda Chimkent viloyati, 1992—2018-yillarda Janubiy Qozogʻiston viloyati markazi). Togʻ oldi tekisliklarida, Bodom va Sayram (Sirdaryo havzasi) daryolari oraligʻida. Jambul, Aris, Langar temir yoʻl yoʻnalishlarining chorrahasida joylashgan. Aholisi 1 200 000 kishi (2020-yil 1-mart)[1]. Qozogʻiston Respublikasidagi Olmaota va Ostonadan keyingi uchinchi shahar. Viloyat va shahar rasmiylariga koʻra, Chimkentning millioninchi fuqarosi 2018-yil 17-may kuni tugʻilgan[5]. Shuningdek, Chimkent asosiy korxonalar, savdo va marifat markazi deb ham hisoblanadi. Shahar Olmaotadan 690 kilometr (430 mi) gʻarbda, Ostonadan 1,483 kilometr (920 mi) janubda va Toshkentdan 120 kilometr (75 mi) shimolda joylashgan.
Chimkent, Shimkent qozoqcha: Шымкент | |
---|---|
shahar | |
42°18′0″N 69°36′0″E G O | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Janubiy Qozogʻiston viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Murat Aytenov |
Ilk eslatilishi | XII |
Avvalgi nomlari | Chimkent, Cherniyaev |
Maydon | 347 km2 (134 mi²) |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2020-yil 1-mart) |
1 200 000[1] |
Milliy tarkib |
qozoqlar 67.47% oʻzbeklar 17.69% ruslar 8.91% ozarbayjonlar 1.74% tatarlar 1.01% boshqalar 3.18% |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 7252[2] |
Pochta indeks(lar)i | 160000[3] |
Avtomobil kodi | X, 13 |