John Stones
ingliz professional futbolchisi / From Wikipedia, the free encyclopedia
John Stones ((talaffuzi: Jon Stounz) 1994-yil 28-mayda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Premier League „Manchester Siti“ klubi va Angliya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida harakat qiladi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | John Stones[1] | ||
Tavallud sanasi | 28-may 1994-yil (1994-05-28) (29 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Barnsley,Angliya | ||
Boʻyi | 1.88 metr[3] | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester City | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2001-2011 | Barnsley | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011-2013 | Barnsley | 24 | (0) |
2013-2016 | Everton | 77 | (1) |
2016- | Manchester City | 121 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2012-2013 | Angliya U19[4] | 3 | (0) |
2013 | Angliya U20[5] | 2 | (0) |
2013-2015 | Angliya U21[6] | 13 | (0) |
2014- | Angliya | 58 | (3) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Stones oʻz faoliyatini Barnsley jamoasi tarkibida boshlagan. U 2012-yilning mart oyida 17 yoshida Chempionshipda birinchi debyutini amalga oshirgan. U 2013-yil yanvar oyida taxminan 3 million funt sterling evaziga Premier-liganing „Everton“ klubiga oʻtdi uch mavsumda 95 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2016-yilning avgustida u 47,5 million funt sterling va qoʻshimcha bonuslar evaziga „Manchester Siti“ bilan shartnoma imzoladi. U 2018, 2019, 2021 va 2022-yillarda Premer-ligada, 2018 va 2020-yillarda EFL kubogida va 2019-yilda Angliya kubogida gʻolib chiqqan.
Stones Angliya terma jamoasi safida debyutini 2014-yilning may oyida oʻtkazganidan soʻng, avvalroq 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan Angliya yoshlar terma jamoalari sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilgan. U Angliya terma jamoasining UEFA Yevro 2016, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va Yevro 2020 uchun tanlangan terma jamoalar tarkibiga kiritilgan.