Juan Bernat
From Wikipedia, the free encyclopedia
Juan Bernat Velasco (ispancha talaffuzi: [ˈxwam beɾˈnat], Xuan Bernat Velasko; 1993-yil 1-martda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Paris Saint-Germain va Ispaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Juan Bernat Velasco[1] | ||
Tavallud sanasi | 1-mart 1993-yil (1993-03-01) (31 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Cullera, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.77 m[3] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paris Saint-Germain | ||
Raqami | 14 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000-2011 | Valencia | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011-2012 | Valencia B | 24 | (7) |
2011-2014 | Valencia | 51 | (1) |
2014-2018 | Bayern Munich | 76 | (3) |
2018- | Paris Saint-Germain | 66 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2009 | Ispaniya 16 yoshgacha | 3 | (0) |
2009-2010 | Ispaniya 17 yoshgacha | 11 | (4) |
2012 | Ispaniya 19 yoshgacha | 6 | (0) |
2013 | Ispaniya 20 yoshgacha | 7 | (1) |
2013-2014 | Ispaniya 21 yoshgacha | 7 | (0) |
2014- | Ispaniya | 11 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 10-sentyabr uchun) |
U oʻz faoliyatini Valenciada boshlagan va klub uchun uchta La Liga oʻyinlarida ishtirok etgan. Bernat 2014-yilda Bayern Munichga koʻchib oʻtdi, u toʻrt yillik faoliyati davomida har mavsum Bundesligada gʻolib chiqdi va 115 ta raqobatli oʻyinda maydonga tushdi. 2018-yil avgust oyida Berrnat PSJ bilan shartnoma imzoladi, 2020-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finalida oʻynadi va sobiq jamoasi Bayern Munichga yutqazdi. U 2020-yil sentyabrida ACLdan jarohat oldi, bu esa uni bir yildan ortiq maydonga tusha olmasligiga sabab boʻldi.
2012-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar darajasida jamoasi bilan Yevropa chempioni boʻlgan Bernat 2014-yilda Ispaniya terma jamoasi safida debyut qilgan.