Kaptarsimonlar (Columbiformes) — qushlar sinfining bir turkumi. 311 turi mavjud. Yer yuzining hamma mintaqalarida (chekka shim. va jan. sovuq hududlardan tashqari) tarqalgan. Oʻrmon, bogʻ, butazor, qoyalar, jarlik va binolar boʻgʻotida yashaydi. Tanasining uzunligi. 15 dan 85 sm gacha, ogʻirligi 30 g dan 3 kg gacha. Drontalarning ogʻirligi 22,5 kg ga yetadi. Kaptarsimonlarning patlari zich va qalin, boshi kichik, boʻyni va oyoklari qisqa, qanotlari uzun va oʻtkir. Narilari modalariga nisbatan yirik va rangi chiroyliroq. Yerda oziqlanganligi sababli yaxshi yuguradi. Barcha turlarining juftlari barqaror (monogam). Uyasini daraxtlar, qoyalar, jarlardagi kovaklarga, binolarga, yerga quradi. Asosan, 2 ta, ayrim turlari 1 yoki 3 ta tuxum qoʻyadi. Tuxum bosish davri — 14 kundan 30 kungacha. Bir yilda, odatda, 2-marta, ayrim turlari 4—5-martagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan joʻjalari tez oʻsadi, yirik turlarida 25 kunligida uchirma boʻladi. K. bulduruqlar (2 avlod, 16 tur), drontlar (2 avlod, 3 turi Mavrikiya, Burbon va Radriges o.laridagi oʻrmonlarda yashagan), kaptarlar (41 urugʻ, 292 tur) oilalariga boʻlinadi. Baʼzan bulduruqlar alohida turkumga ajratiladi.

Qisqa faktlar Biologik klassifikatsiya, Type genus ...

Qazilma davri: 23.03-0 Ma
Early Miocene – recent[1] 
Thumb
Biologik klassifikatsiya
Type genus
Columba
Linnaeus, 1758
Thumb
      Oilaning geografik tarqalishi
Yopish

Oʻzbekistonda 4 urugʻga mansub 12 turi uchraydi. Qorabovur, suvbulduruq, koʻk kaptar, govkaptar, klintux, qoʻngʻir kaptar, qumri kabi turlari qisman ovlanadi. Goʻshti mazali. Oʻzbekistonda tarqalgan turlarining barchasi oʻsimlik urugʻlari bilan oziqlanadi. Xonaki kaptarlarning 150 ga yaqin zoti mavjud. Barcha kaptar zotlari yovvoyi koʻk kaptardan kelib chiqqan. Oq bovur, qora kaptar kabi turlari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.[2]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.