Katta tarix (en:Big History) — bu Katta portlashdan hozirgi kungacha yagona ketma-ket jarayon sifatida koinot rivojlanishining ajralmas (integral) modeli. Eng umumiy davrlashtirishda u quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:

  • Astronomik (Katta portlash sodir boʻlgan paytdan to hozirgi kungacha boʻlgan koinot tarixini, shuningdek, Somon yoʻli galaktikamiz tarixini oʻrganadi);
  • Geologik (sayyoralar tarixini va birinchi navbatda, Yerning barcha 4,6 milliard yillik tarixini, shu jumladan Yerning kelajakdagi rivojlanishining mumkin boʻlgan farazlarini oʻrganadi);
  • Biologik (taxminan 550 million yil oldin Kembriy portlashidan keyingi biologik tarixni oʻrganadi);
  • Ijtimoiy (insoniylikning ketma-ket oʻzgarishini oʻrganadi (gominidlar) va Quyi paleolitdan postindustrial sivilizatsiyagacha boʻlgan inson jamoalari);
  • Mikrotarixiy (mikrokosmosdagi sikllar va hayot tarixi yaʼni mikrozarrachalarning shakllanishi va parchalanishi tadqiq etish. Bu hozirda bahsli hisoblanmoqda).
Thumb
Katta portlashdan hozirgi kungacha boʻlgan muhim voqealar spiral tarzda berilishi. Har milliard yil (Ga)da 90 daraja aylanishda ifodadalangan.

Katta tarix 1990-yillarning boshlarida evolyutsion kosmologiya tushunchalari, koinot, Yer, hayot va jamiyat rivojlanishining aniq uzluksizligi Antropik prinsipda bilvosita aks etganligi keng eʼtirof etilgach, maqsadli yoʻnalish sifatida shakllandi. Universal evolyutsionistlarning fikriga koʻra, biz uchun mavjud boʻlgan dunyoni retrospektiv tarzda koʻrib chiqish tobora „gʻalati“ („gʻalati attraktor“) boʻlib qoldi hamda bizning mavjudligimiz va sayyoramiz sivilizatsiyasi hozir boshdan kechirayotgan holat - bu „ajabtovur“ dunyoning koʻrinishlarining mohiyatidir[1][2].


Paydo boʻlish tarixi

Katta tarix tushunchasi 1990-yillarda shakllangan. Ammo poydevor, ehtimol, Fyodorov, Siolkovskiy, Chijevskiy, Vernadskiy kabi olimlarning rus kosmizmi haqidagi asarlari asos boʻlgan. Ular inson va inson sivilizatsiyasini Katta Koinotning ajralmas bir boʻlagi sifatida koʻrdilar va insonning yuksak darajada rivojlangan sivilizatsiya yaratish, koinotni zabt etishni boshlash qobiliyatiga egaligini eʼtirof etdilar. Kosmizmning eng muhim xulosasi shundaki, inson eng muhim geologik kuchga aylanadi va Yerda sodir boʻlayotgan voqealar uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi kerak yaʼni ularning nazdida — inson yaratuvchidir.

Katta tarix sohasidagi tadqiqotlar hozirda keng miqyosda Katta tarix xalqaro assotsiatsiyasi, Rossiyada esa Yevrosiyo Megatarix va tizimli prognozlashtirish markazi tomonidan muvofiqlashtirilmoqda.

Katta tarix sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirishga rus olim (birinchi navbatda, A.P. Nazaretyan, A.D. Panov, L.Ye. Grinin va E.S. Kulpin)lar hissa qoʻshishmoqda.

Tanqidlar

Katta tarix tanqidchilari, jumladan, sotsiolog en:Frank Furedi bu fanni „tarixning antigumanistik burilishi“ deb hisoblashgan[3]. Stanford universiteti tarixchisi va pedagogi en:Sam Wineburgning soʻzlariga koʻra, Katta tarix matnlarni sof ilmiy yondashish foydasiga talqin qilishdan qochadi va shu tariqa „kamroq tarix va koʻproq evolyutsion biologiya yoki kvant fizikasining bir turiga aylanadi“[4]. Boshqa tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, Katta tarix insoniy unsurni yoʻq qilish yoki tarixiy metodologiyaga rioya qilmaslik aslida nima qilishini yetarlicha oʻrganmagan kuzatuvchilardan kelib chiqqan. Bugungi kunda aksariyat kurslarning uchdan biri yoki yarmi insoniyatga bagʻishlangan. Insoniyatga muhim oʻrin beradigan murakkablikning ortib borishi konseptsiyasi bilan va tabiat fanlaridagi usullar tugʻma tarixiydir, chunki ular tarixni yaratish uchun dalillar toʻplashga harakat qilishadi[5].


Havolalar

Adabiyotlar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.