Gruziyalik futbolchi From Wikipedia, the free encyclopedia
Khvicha Kvaratskhelia —((talaffuzi: Xivicha Kvaratsxeliya) 2001-yil 12-fevralda Gruziyaning Tbilisi shahrida tugʻilgan) Gruziyalik professional futbolchi. Italiya A Seriyaning Napoli klubi va Gruziya terma jamoasida Yarim himoyachisi. Shuningdek u „Kvara“, „Kvaradona“ laqablari bilan mashhur.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 12-fevral 2001-yil | ||
Tavallud joyi | Tbilisi, Gruziya | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in)[1] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Napoli | ||
Raqami | 77 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2012—2017-yillar | Dinamo Tbilisi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017—2018-yillar | Dinamo Tbilisi | 4 | (1) |
2018—2019-yillar | Rustavi | 18 | (3) |
2019-yil | → Lokomotiv Moscow (loan) | 7 | (1) |
2019—2022-yillar | Rubin Kazan | 69 | (9) |
2022-yil | Dinamo Batumi | 11 | (8) |
2022-yil | Napoli | 12 | (6) |
Milliy terma jamoa | |||
2016—2018-yillar | Georgia U17 | 21 | (15) |
2017—2019-yillar | Georgia U19 | 7 | (3) |
2019-yil | Georgia U21 | 2 | (1) |
2019-yil | Georgia | 19 | (10) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (29-oktyabr uchun) |
Kvaratskhelia oʻzining katta futboldagi faoliyatini 2017-yilda „Dinamo Tbilisi“ jamoasida boshlagan, bir yildan soʻng Rustavi jamoasiga oʻtadi[2].
Gruziya U17 termasidagi oʻyini tufayli Kvaratskhelia 2017-yilda GFF tomonidan har yili iqtidorli yosh futbolchilarga beriladigan yangi taqdim etilgan Aleksandre Chivadze oltin medalining birinchi gʻolibiga aylanadi[3]. Keyingi yili u 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida shu nominatsiyasining kumush medalini qoʻlga kiritdi[4].
2018-yilda The Guardian Kvaratskheliani dunyoning 60 ta eng yaxshi yosh futbolchilari roʻyxatiga kiritadi[5].
2019-yilning 15-fevralida Kvaratskhelia ijara asosida Rossiya Premer-ligasi (RPL)ning Lokomotiv Moskva klubiga oʻtadi[6]. 10-mart kuni Anji ga qarshi oʻyinda Jefferson Farfan oʻrniga 86-daqiqada maydonga tushib ligadagi debyutini oʻtkazadi[7]. 1-iyul kuni Lokomotiv Moskva Kvaratskhelianing ijara muddati tugagach klubni tark etganini eʼlon qiladi[8]. Shundan soʻng, Moskvaning Lokomotiv klubi bosh murabbiyi Yuriy Semin Kvaratskhelia bilan klubda qolish va transfer shartlari borasida kelisha olmaganidan juda afsusda ekanligini aytadi, chunki Semin uni juda iqtidorli deb hisoblar edi[9].
2019-yilning 6-iyulida Kvaratskhelia Qozonning Rubin klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi[10]. Debyut oʻyinini 15-iyul kuni oʻzining sobiq jamoasi Lokomotivga qarshi bahsning ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushi bilan boshlaydi. Rubin oʻsha oʻyinda 1:1 hisobidagi durang natijani qayd etadi. Kvaratskhelia klub rasmiy saytida Rubin muxlislari tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi[11].
Umuman olganda, uning transferi bir qancha rus ommaviy axborot vositalarida Rubinning eng omadli xaridi sifatida tan olingan[12]. 2019-yil iyunidan 2020-yilning iyunigacha boʻlgan davrda futbolchining transfer qiymati bir mavsumning oʻzida besh baravarga oshgan. Rubin muxlislari bergan ovozlariga koʻra, Kvaratskhelia 2020—2021-yillarda toʻrt marta, avgust, sentyabr, oktyabr va aprel oylarida Oyning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasini qoʻlga kiritgan[13].
2021-yil boshida L’Equipe XXI asrda tugʻilgan 50 ta eng yaxshi oʻyinchi roʻyxatini eʼlon qildi, Kvaratskhelia esa RPLdan bu roʻyxatga kiritilgan yagona futbolchi edi[14].
2022-yil 7-mart kuni FIFA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Rossiyadagi xorijlik futbolchilar shartnomalarini bir tomonlama ravishda 30-iyungacha toʻxtatib qoʻyishlari va shu sanagacha Rossiyadan tashqaridagi klublar bilan shartnoma imzolashlari mumkinligini eʼlon qiladi[15]. Bu esa 2022-yilning 24-martida Qozonning Rubin klubi Kvaratskhelia bilan shartnomasi bekor qilinganini eʼlon qilishiga sabab boʻldi[16]. Shu kunning oʻzidayoq u Gruziyaning Dinamo Batumi jamoasiga kelib qoʻshiladi[17].
Kvaratskhelia Batumi Dinamosi bilan Gruziya ichki chimpionatida11 oʻyinda oʻtkazib, 8 ta gol uradi va ikkita golli uzatmani amalga oshiradi. Erovnuli Liga uni aprel va iyul oylariga toʻgʻri kelgan mavsumning 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topadi[18].
2022-yil 1-iyul kuni A Seriyaning Napoli klubi Kvaratskheliani Batumi Dinamosidan 10 million, bonuslari bilan hisoblaganda12 million yevro evaziga sotib olganini va futbolchi bilan 2027-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolaganini eʼlon qiladi[19][20]. U klubdagi norasmiy debyutini 14-iyul kuni Ekselenza klubi Anaune Val di Nonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazadi hamda ikkita gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshiradi[21][22].
Kvaratskhelianing klubdagi rasmiy professional debyutini 15-avgust kuni, A Seriyaning birinchi tur oʻyinida Hellas Veronaga qarshi oʻtkazadi. Ushbu oʻyinda Neapolliklar 5:2 hisobida gʻalaba qozongan. Kvara debyut oʻyinidayoq gol uradi va golga assistentlik qiladi[23]. Keyingi tur bahsida 21-avgust kuni Monzaga qarshi oʻyinda ikkita gol uradi va A Seriyadagi ilk dublini qay etadi, jamoasi esa 4:0 hisobida gʻalaba qozonadi[24]. Ushbu oʻyinlardan soʻng Kvaratskhelia A seriya toʻpurarlari roʻyxatida birinchi oʻringa koʻtarilib oladi va Napoli tarixida liganing dastlabki ikki uchrashuvida uchta gol urgan birinchi futbolchiga aylanadi[25]. Bundan tashqari, u 2022-yil avgust oyida A Seriyada oyning eng yaxshi futbolchisi ham deb topilgan[26].
4-oktyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini safarda Amsterdamning Ayaksiga qarshi oʻyinda (6:1) kiritadi[27]. Bir haftadan soʻng javob oʻyinida golga assistentlik qilgan Kvaratskhelia oʻyinning eng yaxshi futbolchisi[28] deb topildi va Chempionlar ligasida haftaning ramziy jamoasiga kiritiladi[29]. Napoli oʻz Kvaradonasini sotmoqchi emasligi va klubning yangi davrini aynan Khivicha bilan qurishini taʼkidlab oʻtadi.
Kvaratskhelia 2019-yil 7-iyun kuni Gibraltarga qarshi Yevro-2020 saralash oʻyinida boshlangʻich tarkibda Gruziya terma jamoasida debyut qilgan[30]. 2020-yil 14-oktyabrda u Shimoliy Makedoniya bilan (1-1) UEFA Millatlar Ligasi doirasidagi oʻyinda xalqaro maydondagi dastlabki golini uradi[31]. 2021-yil 28-mart kuni Kvaratskhelia Ispaniya darvozasiga, uch kundan soʻng Gretsiya darvozasiga gol uradi[32]. 2021-yil 11-noyabrda Kvaratskhelianing dubli evaziga Gruziya Shvetsiya ustidan gʻalaba qozonadi[33].
Millatlar ligasi 2022—2023-yilgi mavsumining birinchi bosqichining toʻrtta oʻyinida uch marta gol urib birdaniga ikkita nominatsiyada, jumladan, umumiy reytingda ham futbolchilar roʻyxatida ham birinchi oʻrinni egallaydi[34]. Qolgan ikkita oʻyinda Kvaratskhelia yana ikkita gol kiritadi va bu uni ushbu turnirdagi eng sermahsul Gruziyalik futbolchiga aylantiradi. whoscored.com uni iyun va sentyabr oylarida ramziy jamoasi roʻyxatiga kiritadi va unga C liga oʻyinchilari orasida eng yuqori mavsumiy reyting ochkosini (8,2) beradi[35].
Xvicha sobiq futbolchi Badri Kvaratskhelianing oʻgʻli boʻlib[36], Uning ikki ukasi bor. Ukasi Tornike (2010-yilda tugʻilgan) hamprofessional futbolchi[37][38]. Turli ommaviy axborot vositalari va muxlislar uni Gruziyalik Messi va Maradonaning izdoshi Kvaradona deb ham atashadi[39][40][41][42][43].
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Chempionatlar | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Dinamo Tbilisi | 2017-yil | Erovnuli Liga | 4 | 1 | 1 | 0 | — | — | 5 | 1 | ||
Rustavi | 2018-yil | Erovnuli Liga | 18 | 3 | 0 | 0 | — | — | 18 | 3 | ||
Lokomotiv Moskva | 2018—2019-yilgi | Rossiya Premer-ligasi | 7 | 1 | 3 | 0 | — | — | 10 | 1 | ||
Rubin Qozon | 2019—2020-yilgi | Rossiya Premer-ligasi | 27 | 3 | 1 | 0 | — | — | 28 | 3 | ||
2020—2021-yilgi | Rossiya Premer-ligasi | 23 | 4 | 0 | 0 | — | — | 23 | 4 | |||
2021—2022-yilgi | Rossiya Premer-ligasi | 19 | 2 | 1 | 0 | 2 [lower-alpha 1] | 0 | — | 22 | 2 | ||
Jami | 69 | 9 | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 73 | 9 | ||
Dinamo Batumi | 2022-yilgi | Erovnuli Liga | 11 | 8 | — | — | — | 11 | 8 | |||
Napoli | 2022—2023-yilgi | A seriya | 12 | 6 | 0 | 0 | 5 [lower-alpha 2] | 2 | — | 17 | 8 | |
Karyera jami | 121 | 28 | 6 | 0 | 7 | 2 | 0 | 0 | 134 | 30 |
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Gruziya | 2019 | 1 | 0 |
2020 | 4 | 1 | |
2021 | 7 | 4 | |
2022 | 7 | 5 | |
Jami | 19 | 10 |
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2020-yil 14-oktyabr | Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya | Shimoliy Makedoniya | 1:0 | 1:1 | 2020—2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi C |
2 | 2021-yil 28-mart | Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya | Ispaniya | 1:0 | 1:2 | 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
3 | 2021-yil 31-mart | Toumba stadioni, Saloniki, Gretsiya | Gretsiya | 1:1 | 1:1 | 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
4 | 2021-yil 11-noyabr | Batumi stadioni, Batumi, Gruziya | Shvetsiya | 1:0 | 2:0 | 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
5 | 2:0 | |||||
6 | 2022-yil
2-iyun |
Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya | Gibraltar | 1:0 | 4:0 | 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C |
7 | 2022-yil 5-iyun | Huvepharma Arena, Razgrad, Bolgariya | Bolgariya | 4:1 | 5:2 | 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C |
8 | 2022-yil 9-iyun | Toshe Proeski Arena, Skopye, Shimoliy Makedoniya | Shimoliy Makedoniya | 2:0 | 3:0 | 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C |
9 | 2022-yil 23-sentyabr | Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya | Shimoliy Makedoniya | 2:0 | 2:0 | 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C |
10 | 2022-yil 26-sentyabr | Viktoriya stadioni, Gibraltar | Gibraltar | 1:0 | 2:1 | 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi C |
Lokomotiv Moskva
Shaxsiy
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.