Kontakt linzalar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kontakt linzalari toʻgʻridan-toʻgʻri koʻzning shox pardasiga oʻrnatiladigan linzalardir. Koʻpincha ular koʻrish buzilishini davolash uchun ishlatiladi: miyopi va, gipermetropiya uzoqni koʻra olmaslik, astigmatizm va presbiyopiya. Linzalar koʻz rangini oʻzgartirish va yaxshilash uchun ham ishlatilishi mumkin. Baʼzi hollarda linzalar koʻzning sirtini himoya qilish uchun tibbiy maqsadlarda buyuriladi.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, kontakt linzalari taxminan 125 million kishi (2 %) tomonidan foydalaniladi. Kontakt linzalarini taqib yurganlarning 40 % dan ortigʻini 12 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil qiladi. Kontakt linzalaridan birinchi marta foydalanganlar orasida 35 yoshgacha boʻlgan yoshlar salmogʻi deyarli 90 % ni, ayollar esa 70 % ni tashkil qiladi[1].
Kontakt linzalarning ishlash vazifasi koʻzoynak linzalari bilan bir xil. Ular yorugʻlikni sindirib, uni toʻr pardaga yoʻnaltiradi, bu esa koʻrishni yaxshilaydi[2].