Koronar sinus
From Wikipedia, the free encyclopedia
Koronar sinus (lotinchadan coronar „toj“) yurakning eng katta venasi[1][2]. Kislorodsiz qonning yarmidan koʻpi yurak mushagidan oʻng atriumga gʻorchaga oqib chiqadi. U yurakning orqa tomonida, chap atrium va chap qorincha oʻrtasida boshlanadi. Katta yurak venasi va chap atriumning qiyshiq venasining birlashishidan boshlanadi. U bir nechta tarmoqlarni oladi. U yurakning orqa tomoni boʻylab chap atrium yaʼni gʻorchaga va chap qorincha orasidagi nayboʻylab oʻtadi, soʻngra koronar sinusning teshigida (odatda koronar sinus qopqogʻi bilan bogʻlangan va himoyalangan) oʻng atriumga oqadi.