Kvevri
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kvevri (gruzincha: ქვევრი; Gʻarbiy Gruziyada churi (ჭური) nomi bilan ataladi) — anʼanaviy gruzin sharobini fermentatsiya qilish va saqlash uchun foydalaniladigan yirik sopol idish. Kvevrilar tutqichsiz katta tuxum shaklidagi amforalar kabi yer ostiga koʻmiladi yoki koʻplab sharoblar saqlanadigan joy poliga oʻrnatiladi. Kvevrining hajmi 20 litrdan 10 000 litrgacha boʻladi.
Gruziyaning janubidagi Kvemo Kartli viloyatida (xususan, Dangreuli Gora, Gadachrili Gora va Imiri qishlogʻida) olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasiga koʻra, miloddan avvalgi 6-ming yilliklarga oid uzum urugʻlari hamda kvevrilari haqida dalillar topilgan.[1]
Kvevrida sharob tayyorlash jarayoni uzumni bosib, soʻngra uzum sharbati, poʻstlogʻi, poyasi va urugʻini kvevriga quyishdan iborat hisoblanadi. Keyin sharob fermentatsiya qilinadi, bu esa kamida besh oydan olti oygacha vaqt olishi mumkin. Undan soʻng boʻsh kvevri tozalab yuviladi, ohak bilan sterilizatsiya qilinadi va uni toʻldirish maqsadida unga asal mumi ham solinadi.
Anʼanaviy gruzin sharoblari bir xil usulda tayyorlanmaydi. Umumiy xususiyat shundaki, ular kvevrida butunlay yerga koʻmiladi. Qolgan sharobni tayyorlash jarayonlari deyarli bir xil. Natijada, sharob Yevropa standartlariga ancha yaqinlashadi.
Shuningdek, Armanistonning oʻziga xos kvevrisi mavjud, u „karas“ deb ataladi. Shunga oʻxshash idishlar Qadimgi Yunonistonda „pitos“, Markaziy Osiyoda esa „xum“ nomi bilan ataladi.[2]