Kxmer tili
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kxmer tili — mon-kxmer tillaridan biri. Kambodja davlatining rasmiy tili, Vyetnam va Tailandsa ham tarqalgan. Kxmer tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni taxminan 8 mln. kishini tashkil etadi. Kambodja hududida keskin dialektal tafovutlar yoʻq. Ikkita lahja: shim.-gʻarbiy va jan.-sharqiy lahjalar oʻzaro farqlanadi. Hozirgi kxmer adabiy tiliga Pnompen shahar laxjasi asos boʻlgan. Kxmer tilining shim.-gʻarbiy va Tailanddagi lahjalarida tay tilining, jan.-sharqiy va Vyetnamdagi lahjalarida vyetnam tilining taʼsiri kuchli. Kxmer tili jan. hind alifbolaridan biriga asoslangan boʻgʻin-tovushli yozuvga ega. Unda 33 ta asosiy harf, 12 ta qoʻshimcha belgi va yana bir qancha yordamchi belgilar mavjud.[5]
Qisqa faktlar Milliy nomi, Mamlakatlar ...
Kxmer tili | |
---|---|
Milliy nomi | ភាសាខ្មែរ va ខ្មែរ |
Mamlakatlar | Kambodja[1][2] va Vyetnam[3] |
Rasmiylik holati | Kambodja |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 16 600 000 |
Alifbosi | Khmer |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | km[4] |
ISO 639-2 | khm[4] |
ISO 639-3 | khm[4] |
Yopish