![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/a1/Kylian_Mbapp%25C3%25A9_%2528cropped%2529.jpg/640px-Kylian_Mbapp%25C3%25A9_%2528cropped%2529.jpg&w=640&q=50)
Kylian Mbappé
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kylian Mbappé Lottin (fransuzcha talaffuzi: [kiljan (ɛ)mbape lɔtɛ̃] ; 1998-yil 20-dekabrda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Liga 1 klubi „Pari Sen-Jermen“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi va Fransiya terma jamoasi sardori hisoblanadi. Dunyodagi va uning avlodidagi eng buyuk futbolchilardan biri sifatida u driblingi[4][5], tezligi va hujumlarni yakuniga yetkazishi bilan mashhur[6][7][8]. U 2024-yilning 1-iyulida La Liganing „Real Madrid“ klubiga oʻtadi.
![]() Mbappé | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kylian Mbappé Lottin[1] | ||
Tavallud sanasi | 20-dekabr 1998-yil (1998-12-20) (25 yosh)[2] | ||
Tavallud joyi | Parij, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.78 m[3] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paris Saint-Germain | ||
Raqami | 7 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004-2013 | Bondy | ||
2013-2015 | Monaco | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2015-2016 | Monaco II | 12 | (4) |
2015-2018 | Monaco | 41 | (16) |
2017-2018 | → Paris Saint-Germain (loan) | 27 | (13) |
2018- | Paris Saint-Germain | 176 | (161) |
Milliy terma jamoa | |||
2014 | France U17 | 2 | (0) |
2016 | France U19 | 11 | (7) |
2017- | France | 57 | (27) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21-may uchun) |
Mbappe oʻzining katta futboldagi faoliyatini 2015-yilda 16 yoshida professional debyut bilan Liga 1ning „Monako“ klubida boshlagan. U jamoa bilan Liga 1 chempioni, Liga 1da yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va Golden Boy mukofotini qoʻlga kiritdi. 2017-yilda u ligadagi raqibi Parij Sen-Jermen (PSJ) bilan dastlabki ijara shartnomasini imzoladi, u 2018-yilda 180 million yevro va bonuslar evaziga PSJga transfer qilindi, ushbu transfer uni ikkinchi eng qimmat futbolchi va eng qimmat oʻsmirga aylantirdi[9]. PSJ Mbappening katta mehnati evaziga toʻrt marotaba Ligue 1 va uch karra Coupe de France chempionligini qoʻlga kiritdi; u, shuningdek, klubning 2020-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishida muhim ahamiyat kasb etgan oʻyinchisi edi. Hozirda u PSJ tarixidagi eng koʻp gol urgan ikkinchi futbolchi boʻlib turibdi.
Xalqaro miqyosda Mbappe 2017-yili 18 yoshida Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgan. 2018 yilgi FIFA Jahon chempionatida Mbappe jahon chempionatida gol urgan eng yosh franssuz futbolchisiga aylandi va Peledan keyin Jahon chempionati finalida gol urgan ikkinchi oʻsmirga aylandi. Fransiya zafar quchgan turnirda u toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi va ushbu harakatlari uchun eng yaxshi yosh oʻyinchi va Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlarini oldi.
Mbappening nomi 2018- va 2019-yillarda FIFA FIFPro World11, 2018-yilda UEFA yilning eng yaxshi jamoasi va 2016-17, 2019-20, 2020-21 va 2021-22-yillarda UEFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi tarkibiga kiritilgan. U 2021-yilda Globe Soccer tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻldi. PSJda uch marta Liga 1ning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi va ketma-ket toʻrt mavsum davomida Liga 1ning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.