![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/86/La_Paz-center.jpg/640px-La_Paz-center.jpg&w=640&q=50)
La-Pas
Boliviyadagi shahar / From Wikipedia, the free encyclopedia
La-Pas — Boliviyadagi shahar, mamlakatning amaldagi poytaxti. LaPas departamentining maʼmuriy markazi. Markaziy And togʻlarida, 3700 m ba-landlikda, La-Pas daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 758,1 ming kishi (1998). Muhim transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroporti bor. Boliviyaning asosiy iqtisodiy, madaniy, ilmiy va savdo-moliya markazi (mamlakat ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 3/4 kismi). Toʻqimachilik, oziq-ovqat, charmpoyabzal, mebel, sement va boshqa sanoat korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan (kumush, oltin, keramikadan turli buyumlar tayyorlanadi). Boliviya hukumati va prezidenti qarorgohi. Universitet, FA, Milliy muzey, teatrlar, rasadxona, geofizika instituti, kutubxona bor. 18-asrga oid saroy va qasrlar saqlangan. Shaharga 1548-yil ispanlar tomonidan asos solingan.[1]