Loziqiya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Loziqiya (arabcha: ) — Suriyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi shahar. Loziqiya muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 305 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Oʻrta yer dengizi sohilidagi port. Loziqiya — Halab — Qamishli temir yoʻlining boshlangʻich punkti. Paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalari, elektr motorlari zavodi, universitet bor. Zaytun moyi, ipak matolar ishlab chiqariladi. Loziqiya yaqinidan bitum olinadi. Loziqiya qadimiy shahar. Shaharga finikiyaliklar asos solgan. 7-asrda Loziqiyani arablar bosib olgan. 1516— 1918-yillarda Usmonli turklar, 1918—1943-yillarda fransuzlar qoʻl ostida boʻlgan. 1943-yildan Suriya tarkibida[4].
Qisqa faktlar Loziqiya ٱللَّاذْقِيَّة / ٱللَّاذِقِيَّة, Mamlakat ...
Loziqiya ٱللَّاذْقِيَّة / ٱللَّاذِقِيَّة | |
---|---|
Shahar | |
35°31′00″N 35°47′00″E | |
Mamlakat | Suriya |
muhofaza | Loziqiya |
tuman | Loziqiya |
Hukumat | |
• Voliy | Amir Ismoil Hilol[1][2] |
Asos solingan | Miloddan avvalgi 4-asr |
Maydon | 58 km2 (22 kv mi) |
Markazi balandligi | 11 m |
Rasmiy til(lar)i | arab tili |
Aholisi (2023) |
709,000[3] |
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Telefon kodi | +963 41 |
Yopish