From Wikipedia, the free encyclopedia
Manuel Marouan da Kosta Trindade Senussi (portugalcha: Manuel Marouane da Costa Trindade Senoussi) — marokashlik futbolchi, markaziy himoyachi. Fransiya va Portugaliya fuqarosi pasportiga ega[1].
Manuel da Costa | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Umumiy maʼlumotlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ism sharifi |
Manuel Marouane da Costa Trindade Senoussi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan |
6-may 1986-yil (36 yosh) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi |
194 sm | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazni |
85 kg | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiya | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klub haqida maʼlumot | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Klub |
erkin agent | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Da Kostaning otasi portugal, onasi esa yarim marokashlik va yarim fransuz hisoblanadi.
Da Kosta faoliyatini „Nansi“da boshlagan. 2005/06-yilgi mavsumda u klub bazasida debyut qilgan va Liga 1da 10 ta oʻyinda, shuningdek, Fransiya Liga kubogi yarim finalida bitta oʻyinda maydonga tushgan va oʻzining yagona golini kiritgan[2]. Nensi uchun gol Le Man klubi darvozasini ishgʻol qilgan. 2006-yil may oyida u Tulondagi turnirda Portugaliya yoshlar terma jamoasi tarkibida oʻynagan. Portugaliyaliklar turnirda gʻalaba qozonganidan soʻng, da Kostani bir nechta klublar sotib olmoqchi boʻlgan. Himoyachini sotib olishga nomzodlar orasida Angliyaning „Newcastle United“, Fransiyaning "Parsi Saint-Germain" va „Bordo“ klublari bor edi.
Bir nechta takliflardan tanlab, da Kosta Chempionlar ligasida oʻynash uchun Gollandiyaning „PSV“ klubiga oʻtishni afzal koʻrgan. „PSV“ da Kosta bilan besh yillik shartnoma imzolagan va portugaliyalikning transferi uchun Gollandiya klubi „Nensi“ga 1 million yevro toʻlashiga toʻgʻri kelgan. Gollandiyada da Kosta bir yarim mavsum oʻtkazgan. 16 liga oʻyinida va Chempionlar ligasida 4 oʻyinda maydonga tushgan. Manuel da Kosta 2006-yil 12-sentyabrda Angliyaning „Liverpool“" jamoasi bilan oʻyinda debyut qilgan. 2007/08-yilgi mavsum oʻrtalarida da Kostaning Italiya klublaridan biriga oʻtishi haqida mish-mishlar tarqalgan. Daʼvogarlar qatoriga "Juventus", „Inter“ va "Milan" klublari kiritilgan.
2008-yilning 29-yanvarida da Kosta „Fiorentina“ tomonidan 4,5 million yevroga sotib olingan va besh yillik shartnoma imzolangan. „Fiorentina“ning asosiy jamoasida da Kosta debyutini 8 oydan keyin — 14-sentabr kuni „Napoli“ bilan oʻyinda oʻtkazgan. 2009-yil 30-yanvarda da Kostani Italiyaning „Sampdoriya“ klubi olti oyga ijaraga olgan[3]. U jamoada ikki oʻyin oʻtkazgan. 15-fevralda „Juventus“ bilan Italiya chempionatida va 26-fevralda UEFA kubogi oʻyinida Xarkovning „Metallurg“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. Mavsum yakunlangach, da Kosta „Fiorentina“ga qaytgan.
2009-yil 31-avgustda da Kosta Angliyaning „West Ham United“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Klub va futbolchi oʻrtasidagi transfer summasi oshkor etilmagan, ammo, „Fiorentina“ pul tovonidan tashqari da Kostaning transferi uchun „West Ham“ yarim himoyachisi Savio Nserekoni ham olgan[4]. 22-sentyabrda da Kosta Liga kubogi doirasida Bolton Uonderersga qarshi oʻyinda klub safida debyut qilgan[5]. 28-sentyabrda Manuel Angliya Premer-ligasidagi ilk oʻyinini „Manchester City“ga qarshi oʻtkazgan[6]. 21-noyabr kuni da Kosta „Hall City“ darvozasini ishg‘ol qilib, klub uchun o‘zining birinchi golini kiritgan[7]. Dekabr oyida portugaliyalik futbolchi Moskvaning „Spartak“ klubidan koʻchib oʻtish taklifini olgan. Ammo uni rad etishiga toʻgʻri kelgan. Chunki Rossiya chempionati unga „yetarlicha jozibador emas“ degan fikrni hosil qilgan[8].
2011-yil 21-iyun kuni da Kosta Moskvaning „Lokomotiv“ klubiga o‘tib, 4 yillik shartnoma imzolagan[9]. Manuel da Kostaning transfer summasi 1,5 million yevroni tashkil qilgani xabar qilingan[10]. Klub prezidenti Olga Smorodskayaning soʻzlariga koʻra, portugaliyalik futbolchi jamoani tark etgan Marko Bashaning oʻrniga sotib olingan[11]. 10-sentyabr kuni portugal futbolchisi „Lokomotiv“ safida ilk gollarini kiritgan. Uning "Zenit" bilan oʻyindagi dubli (faoliyatidagi birinchisi) „Lokomotiv“ga 4:2 hisobida gʻalaba keltirgan[12].
2012-yilning 31-avgustida Manuel da Kosta Portugaliyaning „Nasional“ klubiga bir yilga ijaraga berilgan[13]. „Lokomotiv“ga qaytgach, u Turkiyaning „Sivasspor“ klubiga sotib yuborilgan[14]. Futbolchi bilan shartnoma 3 yilga tuzilgan.
2015-yil 18-avgustda da Kosta Pireyning „Olimpiakos“ jamoasiga koʻchib oʻtgan[15]. Keyinchalik 21- raqam ostida da Kosta „Istanbul Bashakshehir“ klubi futbolchisiga aylangan[16]. U klub safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 6-yanvar kuni u „Al-Ittihod“ klubiga oʻtgan hamda transfer summasi 4,5 million yevroni tashkil qilgani maʼlum qilingan[17].
Manuel da Kosta 2006-yildan 2008-yilgacha Portugaliya yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2006-yil noyabr, 2007-yil mart va 2011-yil avgust oylarida da Kosta Portugaliya terma jamoasiga chaqirilgan, biroq futbolchi terma jamoa safida maydonga tushmagan.
Da Kosta Portugaliya terma jamoasida oʻynashni tanlagan. Chunki u portugal tilini yaxshi bilmasligiga qaramay, oʻzini fransuz emas, balki portugallardek his qilgani sabab boʻlgan[18].
2011-yil yanvar oyida da Kosta 2010-yil 17-oktyabrga o‘tar kechasi Ilforddagi (London chekkasida joylashgan) „Faces“ tungi klubida ayolga jinsiy zo‘ravonlik va zo‘rlashga urinishda ayblangan[19][20]. Futbolchi hibsga olingan, keyin esa garov evaziga qamoqdan ozod qilingan[21]. Sud majlisida futbolchi jinsiy zoʻravonlik boʻyicha aybini tan olmagan, biroq ayolga qilingan hujum faktini tasdiqlagan. 18-aprel kuni ikkinchi sud majlisida da Kosta yana yangi sud jarayonigacha garov evaziga ozod qilingan[22]. 2011-yil 16-sentyabrda bo‘lib o‘tgan hakamlar hay’ati sudida Kosta oqlangan, biroq unga o‘zini himoya qilish maqsadida ayolni urgani uchun £250 jarima berilgan[23].
Futbolchining qoʻllarida bir nechta tatuirovka bor, ularning har birining dizayni da Kostaning maʼlum bir mamlakatdagi hayot taassurotlari bilan bogʻliq. Tatuirovkalardan birini italyan ustasi, ikkinchisini fransuz, uchinchisini ingliz ustasi tomonidan chizilgan. Da Kosta rossiyalik ustadan tatuirovka qilishni ham rejalashtirgan[24].
Marokash milliy terma jamoasi | ||
Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|
2014 | 8 | 0 |
2015 | 1 | 0 |
2016 | 8 | 0 |
2017 | 5 | 0 |
2018 | 11 | 1 |
2019 | 4 | 0 |
Jami | 37 | 1 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.