Mary Read
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mary Read – (tavalludi nomaʼlum – 1721-yil 28-aprelda vafot etgan)[1] Mark Read nomi bilan mashhur boʻlgan ingliz qaroqchisi. U va Anne Bonny XVIII asrning ikki mashhur ayol qaroqchilari boʻlgan va qaroqchilikning oltin davrida faoliyat yuritgan sanoqli ayol qaroqchilardan edi.
Mary „Mark“ Read | |
---|---|
Read (o'ngda) qaroqchini o'ldirish jarayoni eskizi. 1842-yil | |
Tavalludi |
1680 yoki 1695-yil Angliya qirolligi |
Vafoti |
1721-yil, 28-aprel Yamayka, Port Royal |
Fuqaroligi | Ingliz |
Kasbi | Qaroqchi |
Faoliyat yillari | 1708—1721-yillar |
Read 1680 yoki 1695-yillarda Angliyada tugʻilgan. Manbalarda[2] taʼkidlanishicha, u yoshligidan boshlab onasining iltimosi bilan meros pulini olish, keyinchalik oʻsmirlik davrida Britaniya armiyasiga qoʻshilish uchun oʻgʻil bolalar kabi kiyinishni boshlagan. U oila qurgach, koʻp oʻtmay turmush oʻrtogʻi vafot etadi va keyin oʻzi 1715-yilda Gʻarbiy Hindistonga koʻchib oʻtgan. Taxminan 1720-yilda u Jack Rackham bilan tanishadi va Anne Bonny bilan erkakcha kiyinib, ularning qaroqchilar jamoasiga qoʻshiladi. Uning qaroqchilik davri muvaffaqiyatli boʻlgan, lekin hukumat tomonidan qoʻlga olinishi sabab qisqa umr koʻradi. Read 1721-yil aprel oyida qamoqning oʻzida tugʻruq paytidagi kuchli isitmadan vafot etgan.