Maude Apatow
From Wikipedia, the free encyclopedia
Maude Annabelle Apatow (talaffuzi: Mod Anabel Epitou; 1997-yil 15-dekabrda tugʻilgan)[1] — amerikalik aktrisa. HBO telekanali orqali efirga uzatilgan Euphoria teleserialidagi (2019-hozirgacha) Lexi Howard roli bilan tanilgan.
Qisqa faktlar Tavalludi, Kasbi ...
Maude Apatow | |
---|---|
Apatow 2018-yilda | |
Tavalludi |
Maude Annabelle Apatow 15-dekabr 1997-yil (1997-12-15) (26 yosh) |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2005 — hozirgacha |
Yopish
U kinorejissor Judd Apatow va aktrisa Leslie Manning toʻngʻich qizidir. Apatow aktrisa oʻlaroq faoliyatini otasi rejissorlik qilgan Knocked Up (2007), Funny People (2009) va This Is 40 (2012) kabi filmlarda rollar oʻynashdan boshlagan.
Apatow Other People (2016), The House of Tomorrow (2017), Assassination Nation (2018) va The King of Staten Island (2020) kabi filmlardagi hamda Hollywood (2020) mini-serialidagi rollari ortidan yanada eʼtirofga sazovor boʻldi.