Mehmed Akif Ersoy
From Wikipedia, the free encyclopedia
Mehmed Akif Ersoy (yoki Mehmed Ragif; 1873-yil 20-dekabrda tugʻlilib, 1936-yil 27-dekabrda vafot etgan) — Turkiya va Kipr Turk Respublikalari madhiyasining muallifi[2]. Mashhur turk shoiri. Shu bilan bir qatorda oʻqituvchilik, gazetachilik, tarjimonlik va hatto vetirinarlik qilib kelgan. Biroz muddat siyosiy faoliyat bilan ham shugʻullanib koʻrgan. Madhiya bilan birga „Chanoqal’a dostoni“ va „Bulbul“ kabi sheʼrlarini 1911—1933-yillarda yagona kitobga jamlab, „Safohat“ deb nom bergan. Yetti sheʼr kitobni oʻz ichiga olgan bu asari ancha mashhur. Ozodlik urushi (Kurtuluş Savaşı 1919—1922) vaqtida TBMM (Turkiya Buyuk Millat Majlisi)da deputat boʻlgan.
Qisqa faktlar Tavalludi, Vafoti ...
Mehmed Akif Ersoy | |
---|---|
Tavalludi |
1873-yil 20-dekabr Istanbul, Fotih mahallasi |
Vafoti |
1936-yil 27-dekabr Istanbul |
Kasbi | Turkiya Istiqlol marshi(madhiyasi)ning muallifi |
Ijod qilgan tillari | Usmonli turk tili[1] |
Fuqaroligi | Usmonli imperiyasi va Turkiya |
Otasi | Mehmed Tohir Afandi |
Onasi | Omina Sharif xonim |
Imzosi | |
Yopish