Michelle Fairley
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Michelle Fairley- shimoliy irlandiyalik aktrisa, HBO loyihasi boʻlgan „Taxtlar oʻyini「 (2011-2013) serialidagi Catelyn Stark roli, shuningdek, USA Network Suits seriali (2013) va Fox 24: LivebAnother Day serialidagi rollari bilan tanilgan.[1]
Remove ads
Yoshlik
Fairley Kolerayn shahrida Brayan va Tereza Fairli oilasida tugʻilgan. U oilasidagi olti farzandning ikkinchisi.[2][3]
Karyera
Fairley Britaniyada The Bill, Holby City va Casualty filmlarida suratga tushgan. Uning oldingi rollaridan baʼzilari ITV1 telekanalining " Inspektor Morse " serialidagi „Oʻrmondan oʻtuvchi yoʻl「 epizodidagi Keti Maykls va „Buruningizni cheking「 deb nomlangan 3-faslning 9-qismida Lavjoydagi Nensi Felan rolini ijro etgan.[4]
U „Harry Potter va ajal tuhfalari「 filmida Miss Granger rolini oʻynagan("Harry Potter va maxfiy hujra" filmida bu rolni Heather Bleasdale oʻynagan). U HBO loyihasi boʻlgan „Taxtlar oʻyini「 serialida Catelyn Stark rolini oʻynagan.[5]
U USA Network Suits serialida uch mavsum davomida Ava Xessington rolini oʻynagan.[6]
2017-yilda Fairley Qirollik sud teatrida Jim Kartraytning " Road " spektaklida rol oʻynashini eʼlon qildi.[7] 2018-yilda u Devid Kalder, Devid Morrissi va Ben Whishaw bilan birga Bridge teatrida Julius Caesar sprktaklida Kassiy rolini oʻynagan.[8]Fairley 2021-yilda suratga olingan „ Nobody Has To Know「 filmida „Millie「 rolini oʻynagan. Filmda shuningdek, Bouli Lanners ham rol ijro etgan.[9]
Remove ads
Shaxsiy hayot
Fairley 1986-yildan beri Londonda yashaydi. U 2015-yilda The Telegraph nashriga bergan intervyusida 2012-yilda etti yillik sevgilisidan ajralishga qaror qilganini aytgan.
Faerley turli Amerika loyihalarida ishlagan boʻlsa-da, u Gollivudni yoqtirmagan va West End teatrlari uning doimiy sevimli maskani boʻlib qolgan.[10] U doimo oʻz faoliyatini teatrda boshlaganini va aynan shu joyda tugatishni xohlashini aytib keladi.[11]
Filmografiya
Televizion
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads