Moskva viloyati
Rossiya federal subyekti / From Wikipedia, the free encyclopedia
Moskva viloyati – Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. 1929-yil 14-yanvarda tashkil etilgan. Markaziy iqtisodiy rayonga kiradi. Maydoni 47 ming km². Aholisi (Moskva shahridan tashqari) 6564,1 ming kishi (1998), Moskva va Moskva shahri maʼmuriyatiga qarashli shahar va shaharchalar bilan birga 15193,3 ming kishi. Asosiy aholisi ruslar (93,5%), shuningdek, ukrain, belorus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi – 79,7% (Moskvadan tashqari), Moskva va Moskva maʼmuriyatiga karashli shahar va shaharchalar bilan – 91,2%. Moskva viloyatida Moskva shahri atrofida Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik shahar aglomeratsiyasi joylashgan. Moskva viloyati 39 tumanga boʻlingan, 74 shahar, 111 shaharcha bor. Markazi – Moskva shahri
Rossiya Federatsiyasi subyekti | |
Московская область Moskva viloyati | |
---|---|
Moskva viloyati bayrogʻi | Moskva viloyati gerbi |
Administrativ markaz | Moskva |
Maydon | 44 379 km² (55-chi (Rossiya Federatsiyasida)) |
- suv qismi | 0,4% |
Aholi |
|
- maʼlumot olingan vaqt | 2014 |
- zichlik | 7 133 620 kishi / km² |
YaIM | 1 796,5 mlrd rub. (4 -chi) |
- maʼlumot olingan vaqt | 2010 |
- jon boshiga | 251,8 ming rub. |
Federal okrug | Markaziy |
Iqtisodiy tuman | Markaziy |
Gubernator | Andrey Yuryevich Vorobyov |
RF subyekti kodi | 50, 90, 150, 190, 750 |
Vaqt mintaqasi | MSK+4 (UTC+8) |