From Wikipedia, the free encyclopedia
Muhyi (taxallusi; asl ism-sharifi Muhammad Rizo Oxund oʻgʻli) (1835, Qandahor, Afgʻoniston — 1911, Andijon) — shoir. Turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan. Hirot va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. M. 19-asrning 60-yillari oʻrtalarida Andijon shahrida yashagan. Andijon hokimi — Xudoyorxonning katta oʻgʻli Nasriddinbek (1865 — 75) M.ga „Toj ush-shuaro“ („Shoirlar toji“, 1869) faxriy unvonini bergan. 1871-yil haj ziyoratidan soʻng u „Hoji Muhyi“ taxallusini olgan. 1876-yilda Qoʻqon xonligi tugatilgach, M. Qoʻqonda, Soibzoda hazrat madrasasida yashagan.
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Muhyidan salmoqli ijodiy meros qolgan. Bular jumlasiga shoir devonining turli kotiblar tomonidan koʻchirilgan 6 qoʻlyozma nusxasini, M.ning oʻzi tuzgan 1 sheʼriy toʻplamni kiritish mumkin. Forsiy va turkiy devonlari 1 muqovada 1912-yilda Toshkentda, Por-sev matbaasida chop etilgan. Forsiy devonida 242 gʻazal, 6 qasida, 4 masnaviy, 91 qitʼa, 19 fard va 3 ruboiy bor (230 sahifa), turkiy devoni esa 148 gʻazal, 1 musaddas, 1 murabbaʼ, 74 qitʼa, 1 qasida va 11 mufradot (130 sahifa)dan tashkil topgan.
Muhyi, asosan, lirik sheʼrlar yozgan. Gʻazaliyotida Navoiy, Lutfiy, Soʻfi Olloyor ijodining taʼsiri seziladi. Satirik asarlarida, xususan, mashhur Viktor voqeasi haqidagi muhammasida oʻlkaga kirib kelayotgan rus sarmoyadorlarining kirdikorlari, ularga ishonib aldangan mahalliy boylar qajv ostiga olingan..[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.