From Wikipedia, the free encyclopedia
Yunon mifologiyasida Myrtilus (qadimgi yunoncha : Μυρτίλος) ilohiy qahramon va Germesning oʻgʻli edi. Uning onasi Amazon Myrto deb aytiladi[1]; shuningdek Danausning qizi Faetus[2] yoki nimfa yo Clytie[3], Clymene yoki Kleobul[4][5] (Theobule[6])ismli oʻlik ayol boʻlishi mumkinligi haqidagi taxminlar ham mavjud. Myrtilus Peloponnesning shimoli-gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan Elis shahridagi Piza qiroli Oenomausning aravasakashi edi.
Pelops va Hippodamiya oʻrtasidagi nikohni hal qiladigan ot poygasi arafasida, Myrtilusga Pelops (yoki baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Gippodamiya) oʻz xoʻjayini Oenomausning poygada gʻalaba qozonish harakatlariga toʻsqinlik qilishini xohlashligini aytdi. Myrtilusga Hippodamiya bilan birinchi kechani birga oʻtkazsihdek sharafni pora sifatida taklif qilishdi.
Hipodamiyani yaxshi koʻrgan, lekin otasidan qoʻlini soʻrashga juda qoʻrqqan Myrtilus bu shartga rozi boʻldi va podshohning aravasini sabotaj qilib, bronza mixlarni asalari mumidan yasalgan soxta mixlar bilan almashtirdi. Keyinchalik sodir boʻlgan baxtsiz hodisada Oenomaus vafot etganida Myrtilusni laʼnatladi. Koʻp oʻtmay, Myrtilus Hippodamiyani yoʻldan ozdirmoqchi boʻldi, u yigʻlab Pelopsga shikoyat qildi, Myrtilus avvalgi shartlashuv haqida aytdi. Gʻazablangan Pelops Myrtilusni Peloponnesning sharqiy qirgʻogʻidagi dengizga tashlab oʻldirdi, keyinchalik u qahramon sharafiga Mirto dengizi deb nomlandi. Oradan biroz vaqt oʻtgach, uning jasadi topilib, Germes ibodatxonasiga olib kelindi va u yerda har yili Myrtilus uchun qurbonliklar keltiriladigan boʻldi. Baʼzilarning aytishicha, Myrtilus Auriga yulduz turkumiga aylangan.
Myrtilus oʻlganida, u Pelopsni laʼnatladi. Bu laʼnat Pelops oilasining kelajak avlodlarini, jumladan Atreus, Thyestes, Agamemnon, Aegisthus, Menelaus, Orest va Xrysippusni taʼqib qiladi. Shuningdek, Myrtilusning dafn qilingan joyi Olimpiyadagi taraxippus — havfli sharpalar makonida edi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.