NHL kirish loyihasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
NHL kirish loyihasi (fransuzcha: Repêchage d'entrée dans la LNH) Milliy xokkey ligasining (NHL) har bir franshizasi muntazam ravishda oʻzlarining talablariga javob beradigan xokkeychilarni tanlaydigan yillik yigʻilishdir (Shimoliy Amerika oʻyinchilari 18-20 yosh va Yevropa va xalqaro oʻyinchilar 18-21 yosh; qolgan oʻyinchilarning hammasi ligaga cheklanmagan erkin agent sifatida kirishadi). NHLga kirish loyihasi har yili bir marta, odatda oldingi mavsum tugaganidan keyin ikki-uch oy ichida oʻtkaziladi. NHL kirish loyihasi jarayonida jamoalar navbatma-navbat o‘smirlar yoki kollej ligalaridagi havaskor xokkeychilarni va Yevropa ligalaridan professional xokkeychilarni tanlab olishadi.
NHL kirish loyihasi birinchi marata 1963-yilda oʻtkazilgan va shundan beri har yili oʻtkaziladi. NHLga kirish loyihasi 1979-yilgacha NHL havaskor loyihasi sifatida tanilgan. NHL kirish loyihasi faqat 1980-yildan boshlab, ommaviy tadbir sifatida oʻtkazila boshlagan. Bu loyiha 1984-yildan esa televideniyeda namoyish etila boshladi[1].
1994-yilgacha NHL kirish loyihasi tartibi faqat mavsum oxiridagi turnir jadvaliga qarab belgilanardi. 1995-yilda NHL loyihasi lotereyasi joriy etildi, unda faqat pley-offni oʻtkazib yuborgan jamoalar ishtirok etishi mumkin edi. Lotereya gʻolibi loyiha tartibida koʻpi bilan toʻrt pogʻona yuqoriga koʻtariladi (yaʼni maʼlum mavsumdagi oddiy mavsum ochkolariga asoslangan holda faqat eng yomon koʻrsatkichlarga ega boʻlgan beshta jamoa loyihada birinchi oʻrinni egallashi mumkin va pley-offda oʻynamagan hech bir jamoa pastga tusha olmaydi). Lotereyada gʻalaba qozonish imkoniyati odatdagi mavsum jadvalining pastki qismida joylashgan jamoalarga qarab baholandi. 2013-yildan 2015-yilgacha loyiha tartibida yuqoriga koʻtarilish chegarasi yoʻq edi, shuning uchun lotereya gʻolibi avtomatik ravishda birinchi umumiy tanlovni olar edi va loyiha tartibida undan yuqori boʻlgan jamoalar bir pogʻona pastga siljishar edi. 2015-yildan 2020-yilgacha uchta lotereya gʻolibi eng yaxshi uchta tanlovni qoʻlga kiritdi va loyiha tartibida undan yuqori boʻlgan jamoalar koʻpi bilan uchta pogʻona pastga siljishdi. 2021-yilda lotereya tizimi ikkita lotereya g‘olibini aniqlaydigan holda o‘zgartirildi. Bunda gʻoliblar eng yaxshi ikkita umumiy tanlovni oldigan boʻlishdi. Shuningdek, loyiha tartibida ulardan yuqori bo‘lgan jamoalar ikki pog‘onadan pastga siljishardi.
2022-yildan boshlab, lotereyaning ikki g‘olibi loyiha tartibida o‘n pog‘onadan ko‘p bo‘lmagan yuqoriga ko‘tarilishlari bilan cheklandi (yaʼni faqat muntazam mavsum ochkolariga asoslangan quyi o‘n bir jamoa loyihada birinchi tanlovda g‘alaba qozonishi mumkin boʻldi). Agar eng quyi oʻn bir jamoadan tashqarida boʻlgan jamoa birinchi lotereya loyihasida gʻolib chiqsa, ular oʻn pogʻona yuqoriga koʻtariladi (masalan, oʻn toʻrtinchi jamoa lotereyada gʻalaba qozondi va umumiy toʻrtinchi oʻringa koʻtarildi).