Nafrat tili
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nafrat tili – turli maʼnolarga ega atamadir. Uning yagona, aniq taʼrifi yoʻq. Kembrij lugʻatida ushbu atamaga „Nafrat tili – irqi, dini, tili yoki jinsiy oriyentatsiyasiga nisbatan nafratni ifodalovchi yoki zoʻravonlikni oshiradigan ommaviy nutq“ deya tarif berilgan[1]. Amerika Konstitutsiyasi Ensiklopediyasida nafrat tiliga „Irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, jinsi, sogligʻi xususiyatlariga koʻra shaxsni ommaviy kamsitish“ deya qayd etilgan[2].
Soʻz erkinligi, nafrat tili hamda shunga oʻxshash mavzular boʻyicha koʻplab munozaralar boʻlib oʻtgan[3]. Baʼzi mamlakat qonunlarida nafrat tili guruh yoki maʼlum shaxslarga nisbatan qoʻllanilsa jinoyat sifatida qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari, baʼzi davlatlarda, jumladan AQShda nafrat tili zoʻravonligiga uchragan insonlar konstitutsiya darajasida himoya qilinadi.
Nafrat tili, genotsid kabi ommaviy vahshiyliklarning bir belgisi sifatida qayd etilgan. Ruanda boʻyicha xalqaro jinoiy sudida nafrat tiliga oid bir qancha ishlar koʻrib chiqilgan[4][5][6][7] .