Nepal qirolligi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Nepal Qirolligi (Gorkha imperiyasi nomi bilan ham tanilgan, shuningdek, Asai Hindustan (tarjimasi Haqiqiy Hindular yeri)deb ham yuritilgan) Janubiy Osiyodagi hind qirolligi boʻlib, 1768-yilda Nepalning birlashishi natijasida tashkil topgan[1].
1768–2008 | |||||||||||||||||||||||||||||
Maqom | Andoza:Davlat bilgiqutisi/status text | ||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Din | Hinduism (official) | ||||||||||||||||||||||||||||
Prime Minister | |||||||||||||||||||||||||||||
• 1799–1804 |
Damodar Pande (first) | ||||||||||||||||||||||||||||
• 2006–2008 |
Girija Prasad Koirala (last) | ||||||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||||||
Hozirda hududida quyidagilar mavjud |
Nepal India |
Kelib chiqishini Rajputdan deb da'vo qilgan Gorkha monarxi qirol Prithvi Narayan Shoh tomonidan asos solingan[2]. Bu qirollik 2008-yilda Nepal monarxiyasi tugatilgunga qadar 240 yil mavjud boʻlgan. Bu davrda Nepal rasmiy ravishda shoh sulolasi hukmronligi ostida boʻlgan, monarxlar qirollik mavjud boʻlgan davrda turli darajadagi hokimiyatni amalga oshirgan.
1792-yilda shahzoda Regent Bahodur Shoh boshchiligidagi Nepal qoʻshinlari Tibetga bostirib kirganidan va Digarchani talon-toroj qilgandan soʻng, Dalay Lama va Xitoy elchisi Xitoy ma'muriyatiga harbiy yordam soʻrab murojaat qilishdi. Fuk'anggan boshchiligidagi Xitoy va Tibet kuchlari Nepalga hujum qilishdi, ammo Nuvakot yaqinida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin muzokaralar olib borishdi[3]. Toʻrtta Kaji (harbiy unvon nomi) orasida eng nufuzli boʻlgan Mulkaji Damodar Pande Bahodirshoh lavozimidan chetlatilgandan soʻng qoʻmondor sifatida tayinlandi. Bosh Kaji (Mulkaji) Kirtiman Singx Basnyat[4] qirol Girvan Yuddha Shohni himoya qilishga va sobiq qirol Rana Bahodurshohni Nepaldan uzoqlashtirishga harakat qildi. Biroq, 1804-yil 4-martda sobiq podshoh qaytib keldi va Muxtiyor (bosh vazir) lavozimini egalladi. Keyin Thankotda Damodar Pandening boshi kesiladi. 1806-yilda Bhandarkhal qirgʻini Rana Bahodur Shohning oʻlimidan soʻng qoʻzgʻatilgan boʻlib, 1806-yildan 1837-yilgacha Nepalning amalda hukmdori boʻlgan obroʻli Muxtiyar Bhimsen Thapa[5] tomonidan koʻtarildi[6].
Biroq, XIX asr boshlarida, Hindistonda Sharqiy Hindiston kompaniyasi hukmronligining kengayishi Angliya-Nepal urushiga (1814-1816) olib keldi, bu esa oʻz navbatida Nepalning magʻlubiyatiga olib keldi. Sugauli shartnomasiga koʻra, qirollik oʻzining ichki mustaqilligini saqlab qoldi, ammo hududiy imtiyozlar evaziga Mechi va Sharda daryolarini Nepal hududlari chegarasi sifatida belgiladi. Sugauli shartnomasidan oldingi qirollikning hududi ba'zan Katta Nepal deb ataladi. Siyosiy ssenariyda Muxtiyar Mathbar Singx Thapaning oʻlimidan soʻng Thapa gegemoniyasini tugatdi va Kot qirgʻini uchun zamin yaratdi[5]. Bu esa Rana sulolasining Xas (Chxetri) hukmronligiga olib keldi va keyingi asrda, 1843-yildan 1951-yilgacha Nepal Bosh vaziri lavozimini ularning oilasida meros qilib oldi. Birinchi Rana hukmdori Jung Bahodurdan boshlab, Rana sulolasi Shoh monarxini bosh roldan tushirdi. Rana sulolasi hukmronligi zulm, buzuqlik, iqtisodiy ekspluatatsiya va diniy ta'qiblar bilan ajralib turardi[7][8].
1950-yil iyul oyida yangi mustaqil Hindiston Respublikasi bilan doʻstlik shartnomasini imzolandi, unda ikkala xalq bir-birining suverenitetini hurmat qilishga rozi boʻldi. Hindistonning asosan Nepal Kongressidan tashkil topgan yangi hukumatni qoʻllab-quvvatlashi asnosida qirol Tribhuvan 1951-yilda Rana sulolasi (bosh vazir lavozimida ishlab amalda davlani bosharish) rejimini tugatdi.
1960—1970-yillarda islohotlarni amalga oshirish va konstitutsiyani qabul qilish boʻyicha muvaffaqiyatsiz urinishlar boʻldi. 1980-yillar oxiridagi iqtisodiy inqiroz parlament saylovlari va 1990-yilda konstitutsiyaviy monarxiyaning qabul qilinishiga olib kelgan xalq harakatiga olib keldi. 1990-yillarda Nepalda fuqarolar urushi (1996–2006) boshlangan, hukumat kuchlari va Nepal Kommunistik partiyasi (Maoist) qoʻzgʻolonchi kuchlari oʻrtasidagi mojarolar boʻlib oʻtdi. Nepal monarxiyasining ahvoli 2001-yil Nepal qirollik qirgʻini bilan yanada beqarorlashdi.
Qirgʻin natijasida qirol Gyanendra yana taxtga oʻtirdi. Uning 2005-yilda toʻg'ridan-toʻg'ri boshqaruvni oʻrnatishi maoist isyonchi va demokratiya tarafdorlarini birlashtirgan norozilik harakatiga sabab boʻldi. Oxir-oqibat u 2007-yilda Nepal monarxiyasining vakolatlarini sezilarli darajada cheklovchi vaqtinchalik konstitutsiyani qabul qilgan Vakillar palatasini tiklashga majbur boʻldi. Kelgusi yilda boʻlib oʻtgan saylovdan soʻng, Nepal Ta'sis Assambleyasi 2008-yil 28-mayda oʻzining birinchi sessiyasida qirollikni rasman bekor qildi va uning oʻrniga Nepal Federal Demokratik Respublikasini e'lon qildi.
Nepal monarxiya tugatilgunga qadar hinduizmni davlat dini sifatida qabul qilgan dunyodagi yagona davlat edi. Respublikaga aylanganidan beri mamlakat rasmiy ravishda dunyoviy davlat hisoblanadi[9][10].