OTP Bank
From Wikipedia, the free encyclopedia
OTP Bank Group (yoki OTP guruhi) Vengriyaning eng yirik tijorat banki va Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi eng yirik mustaqil moliya muassasalaridan biri boʻlib, jismoniy va yuridik mijozlar uchun bank xizmatlari koʻrsatadi. OTP guruhi sugʻurta, koʻchmas mulk, faktoring, lizing va aktivlarni boshqarish, investitsiya va pensiya jamgʻarmalari kabi sohalardagi shoʻba korxonalarni oʻz ichiga oladi. Bank 11 mamlakatda, xususan Albaniya, Bolgariya, Moldova, Rossiya, Ruminiya, Serbiya, Sloveniya Ukraina, Vengriya, Xorvatiya va Chernogoriyada mavjud.
Turi | Ochiq aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Tarmogʻi | Bank ishi, Moliyaviy xizmatlari |
Qachon asos solingan | 1949 |
Joylashuvi | location |
Hududiy xizmati | Markaziy va Sharqiy Yevropa |
Rahbariyat |
Sándor Csányi (Kuzatuv kengashi raisi & Boshqaruv raisi) |
Mahsulot(lar)i | Isteʼmol bank ishi, Korporativ bank ishi, Kredit kartalari, Moliya va sugʻurta, valyuta ayirboshlash, Investitsiya bank ishi, Ipoteka kreditlari, Xususiy kapital, Xususiy kapitalni boshqarish |
Aylanma daromadi | HUF 624.7 milliard (2018)[1] |
Operatsion foydasi | HUF 352.2 milliard (2018)[1] |
Boyligi | HUF 14,590.3 milliard (2018)[1] |
Ishchilar soni | 41 128 (2018)[1] |
Shoʻba korxonalari | DSK Bank, Crnogorska Komercijalna banka, OTP guruhi boʻlimida toʻliq roʻyxatga qarang |
Vebsayti | otpbank.com |
2018-yil holatiga koʻra, OTP guruhining 36 000 dan ortiq xodimlari, 13 milliondan ortiq mijozlari hamda 1 500 dan koʻproq bank ofislari mavjud[2]. OTP oʻzining 25 foizlik bozor ulushi bilan hamon eng yirik venger tijorat banki sanaladi.[3]
OTP Group oʻz faoliyatini 1949-yilda OTP Bank davlat jamgʻarma va tijorat banki sifatida tashkil etilgan paytda boshlagan. OTP qisqartmasi Országos Takarék Pénztár (maʼnosi "Milliy jamgʻarma banki"), bu bankni tashkil etishning asl maqsadini koʻrsatadi. 1995-yilda bankni xususiylashtirish jarayoni boshlandi va davlatning bank kapitalidagi ulushi bitta imtiyozli oltin aksiyagacha qisqardi va koʻp oʻtmay u ham bekor qilindi. Hozirgi vaqtda banklar aksiyalarining katta qismi xususiy va institutsional investorlarga tegishli boʻlib, bu kompaniyaning barqaror egalik tuzilmasini taʼminlaydi. OTP aksiyalarining 68,61%ini erkin suzuvchi aksiyalar tashkil qiladi. Qolgan aksiyalar Megdet Rahimqulov (8,88%), Vengriyaning MOL Shirkati (8,57%), Groupama fransuz sugʻurta shirkati (8,3%) va Amerikaning Lazard shirkati (5,64%) ga tegishli[4].