From Wikipedia, the free encyclopedia
Ogayo yoki Ohayo (inglizcha: Ohio) — AQShdagi daryo, Missisipi daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 1580 km, havzasining maydoni 528,1 ming km². Appalachi togʻlaridan boshlanib, Appalachi platosi va Markaziy tekisliklardan oqadi. Asosiy irmoklari: Kentukki, Kamberlend, Tennesi (chapdan). Oʻrtacha suv sarfi 8000 m³/sek. Qor va yomgʻirdan suv oladi. Yilning sovuq mavsumida toʻlib oqadi, avgust— sentabrda sayozlanib qoladi. Daryo deyarli hamma qismida shlyuzlangan va kema qatnaydi (Luisvill shahri yaqinidagi serostona qismida parallel ravishda kanallar qurilgan). Yirik GESlar bor. Ogayo soqilida Pitsburg, Sinsinnati, Luisvill shaharlari joylashgan.[1]
Ogayo | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 579 |
Suv sarfi | 7 973 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | AQSh |
Ogayo (daryo) |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.