![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3b/Olyokma_river.jpg/640px-Olyokma_river.jpg&w=640&q=50)
Olyokma
From Wikipedia, the free encyclopedia
Olyokma (saxa.: Өлүөхүмэ) — Rossiya Federatsiyasining Chita va Amur viloyatlari hamda Saxa (Yakutiya)dagi dare. Lenaning yirik oʻng irmogʻi. Olekmin-skiy Stanovik togʻlarining shim. yon bagʻirlaridan boshlanib, avval shimoli-sharq, soʻngra shimoli-gʻarbga oqib Olyok-minsk shahri yaqinida Lena daryosiga quyiladi. Uz. 1436 km, havzasining maydoni 210 ming km². O., asosan, yomgʻir va qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1950 m³/sek. Daryo okt. oʻrtalaridan may oʻrtalariga qadar muz bilan qoplanib yotadi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Tungir, Nyukja; chapda — Chara. Yenyuk st-yasidan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Tungir irmogʻi quyilgan joydan yogʻoch oqiziladi.[1]
Qisqa faktlar Tavsif, Joylashuvi ...
Olyokma | |
---|---|
![]() | |
Tavsif | |
Uzunligi | |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
![]() | |
Davlat | Rossiya |
Olyokma |
Yopish