Oprah Winfrey
AQSHlik tadbirkor, milliarder, aktrisa, prodyuser / From Wikipedia, the free encyclopedia
Oprah Gail Winfrey (/ˈoʊprə/; talaffuzi: Opra Geyl Uinfri; 1954-yil 29-yanvarda tugʻilgan) – amerikalik tok-shou boshlovchisi, teleprodyuser, aktrisa, gʻoya muallifi va mediamagnat[2]. 1986-yildan 2011-yilgacha, 25 yil davomida Chikagodan efirga uzatilgan Oprah Winfrey Show (Opra Uinfri shousi) nomli tok-shousi bilan mashhur[3][4]. „Ommaviy axborot vositalari malikasi“ deb atalgan[5]. 20-asrning eng boy afro-amerikalik ayoli[6][7]. Dunyodagi yagona qora tanli milliarder edi[8]. 2007-yilda dunyodagi eng nufuzli ayol sifatida qayd etilgan[9][10].
Oprah Winfrey | |
---|---|
Winfrey in 2023 | |
Tavalludi |
Orpah Gail Winfrey 29-yanvar 1954-yil (1954-01-29) (70 yosh) Kosciusko, Mississippi, U.S. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1973-yildan |
Partiyasi | Mustaqil siyosatchi |
Unvoni |
Harpo Productions raisi (1986-yildan) Oprah Winfrey Network (2011-yildan) |
Bolalari | 1ta (vafot etgan)[1] |
Onasi | Vernita Lee Winfrey |
Mukofotlari | Andoza:AQSh prezidentining ozodlik medaliAndoza:Kennedy markazi medali |
Veb-sayti | oprah.com |
Imzosi | |
Uinfri Missisipi qishlogʻida qashshoqlikda yashagan oilada tugʻilgan va keyinchalik Miluoki shahrida oʻsgan. Bolaligida va oʻsmirlik davrida jinsiy zoʻravonlikka uchraganini va 14 yoshida homilador boʻlganini aytgan. Oʻgʻli muddatidan oldin tugʻilgan va goʻdakligidayoq vafot etgan[11]. Keyinroq otasi bilan yashagan. Oʻrta maktabda oʻqiyotgandayoq Tennessi shtatining Neshvill shahrida sartarosh boʻlgan va bir vaqtning oʻzida radioda ishlagan[12]. 19 yoshida mahalliy kechki yangiliklar uchun hammuallif edi. Uning maʼlumotni hissiy, favqulodda yetkazib bera olish qobiliyati kunduzgi tok-shou arenasiga olib keldi. Chikagoda uchinchi oʻrinni egallagan mahalliy tok-shousini birinchi oʻringa koʻtarilishiga hissa qoʻshdi. Keyinroq oʻzining prodyuserlik shirkatini ishga tushirdi[13].
1990-yillarning oʻrtalariga kelib, Uinfri adabiyot, oʻz-oʻzini takomillashtirish, ong va maʼnaviyatga eʼtibor qaratgan holda oʻz shousini qaytadan kashf etdi[14]. U eʼtirof etish madaniyatini yoʻlga qoʻygani, munozarali oʻz-oʻziga yordam gʻoyalarini ilgari surgani va hissiyotlarga asoslangan yondashuvga ega boʻlgani uchun tanqid qilingan boʻlsa-da, boshqalarga xayrixoh boʻlishda qiyinchiliklarni yengib oʻtgani uchun maqtovga sazovor boʻldi[15][16]. 2008-yilgi prezidentlik poygasida siyosiy kuch sifatida paydo boʻldi. Barack Obamaning 2008-yilgi prezidentlik poygasida taxminan bir million ovozni olib berishga hissa qoʻshgan[17]. 2013-yilda Uinfri Prezident Barack Obama tomonidan Ozodlik medali bilan taqdirlandi. Dyuk va Garvard oliygohlaridan faxriy doktorlik unvonlarini oldi[18][19]. 2008-yilda oʻzining Opra Winfrey Network (OWN) tarmogʻini yaratdi[20]
Ommaviy aloqaning yanada samimiy, konfessional shaklini yaratganligi tufayli Phil Donahue tomonidan asos solingan tabloid tok-shou janrini ommalashtirdi[21][22]. 1994-yilda Milliy ayollar shon-sharaf zaliga kiritildi[23]. Oʻz faoliyati davomida koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritdi. 2021-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylangan[24].