Oq turna
From Wikipedia, the free encyclopedia
Shimol turnasi, yoki Oq turna (lotincha: Grus leucogeranus) — Rossiyaning shimoliy hududlariga xos boʻlgan turnalar turi. Turnalari yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlib, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Qizil kitobi va Hayvonlarning xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi CITES konvensiyasi, shuningdek, Rossiya Qizil kitobining xalqaro roʻyxatiga kiritilgan. Oʻzbekiston Qizil kitobida u yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan uchib yuruvchi tur maqomiga ega. XTMQIVTR (Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va tabiat resurslari) Qizil roʻyxatiga kiritilgan [SR].
Oq turna | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Oila: | Turnalar |
Urugʻ: | Grus |
Turlari: | Oq turna |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Grus leucogeranus Pallas, 1773 |
Zoologlardan birinchi boʻlib 1960-yil 30-iyunda Shimoliy Yakutiyadagi sterx turnasining uyasini topib, ifodalab bergan sovet ornitologi K.A.Vorobyov boʻlgan[1]. Biroq, uzoq vaqt davomida bu qushning biologiyasi yetarlicha oʻrganilmadi va lekin 1973-yilda J.Archibald tomonidan AQSHda Xalqaro turnalarni saqlash jamgʻarmasi tashkil etilishi bilan ornitologlar bu qushga koʻproq ahamiyat qaratishdi. 1979-yilda SSSRda, Okskiy davlat qoʻriqxonasi hududida shimol turnalari uchun parvarishxona tashkil etildi, u yerda ornitologlar ularni qayta koʻpaytirishni boshladilar. 2002-yilda amerikalik olimlarning tajribasiga asoslanadi. Unda Gʻarbiy Sibir sterx turnalari sonini koʻpaytirish maqsadida “Umid parvozi".dasturi ishlab chiqilib, u bugungi kunda ham faol faoliyat olib bormoqda.